Yonilg’i mahsulotlari narxi oshirilishi haqida matbuot konferentsiya

348
0

01

Hizbut Tahrirning Sudandagi matbuot bo’limi

Matbuot bayonoti

Hizbut Tahrir – Sudan viloyati hijriy 1434 yil 18 zul qa’da, milodiy 2013 yil 24 sentyabr chorshanba kuni o’zining Xartumdagi bo’limida matbuot konferentsiyasi o’tkazdi.

«Yonilg’i mahsulotlari narxining oshirilishi oddiy odamlarni ezish va qashshoqlikni yanada orttirish uchun navbatdagi qadamdir» nomi ostida o’tkazilgan ushbu konerentsiyada Hizbut Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notig’i ustoz Ibrohim Usmon Abu Xalil ma’ruza qildi. O’z ma’ruzasida Hizbning yonilg’i maxsulotlari narxlarining so’nggi oshirilishini (benzin narxi 66 %, gazolin 73 %, propan gaz balloni 67 %ga oshirildi) rad etuvchi fikrini hamda u ayni muolajani buzuq kapitalistik nizomdan qolgan sarqitlar, deb hisoblashini bayon qildi.

Keyin notiq Hizbut Tahrir – Sudan viloyati chop etgan shu nom ostidagi nashrani o’qib eshittirdi. Keyin yig’inda hozir bo’lgan matbuot xodimlari va boshqalarning so’zlari va savollarini tinglab, ularga javob berdi. Konferentsiya so’nggida notiq Ummatga xitob yo’llab, unga bugungi tuzumni tubdan o’zgartirish va uning o’rniga payg’ambarlik minhoji asosida to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik tuzumi barpo etishdek elkasidagi vojibni ado etishga da’vat qildi. Shuningdek, namoyishchilarga ham xitob qilib, namoyishlarini tinch yo’l bilan o’tkazish kerakligi, toki, bu hukumatga ularga kuch ishlatish uchun bahona bermaslik lozimligi, qolaversa, namoyishni tinch yo’l bilan o’tkazish shar’iy hukm bo’lib, birovlarning yoki davlatning mulklariga talofat etkazmaslik kerakligi to’g’risida so’z yuritdi.

Ibrohim Usmon (Abu Xalil)

Hizbut Tahrirning Sudan viloyatidagi rasmiy notig’i

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.