Yuzlab ayollar Suriyadagi ayollar va bolalarni qo’llab-quvvatlab, britaniyalik ayollar yurishida qatnashadilar

372
0

01

Hizbut Tahrirning Britaniyadagi matbuot bo’limi

Matbuot bayonoti

2013 yil 22 sentyabr yakshanba kuni Hizbut Tahrir ayollari Londonda «Suriyadagi ayollar va bolalarni qo’llab-quvvatlash uchun ayollar namoyishi»ni o’tkazadilar. Unda Britaniyaning turli shaharlaridan yuzlab ayollar va bolalarning ishtirok etishlari kutilmoqda. Namoyish manzili: Badington Grin, soat 15:30da boshlanadi. So’ng yurish Edvard Rud ko’chasi bo’ylab yurib, Suriya elchixonasi oldiga etib boradi va o’sha erda bir necha ma’ruzalar qilinadi.

Hizbut Tahrir – Britaniyaning ayollar matbuot bo’limi vakilasi Shahona Xon buni quyidagicha izohlaydi:

«Rasmiy raqamlarga ko’ra, o’tgan ikki yarim yil ichida Suriyada 100.000dan ko’proq erkaklar, ayollar va bolalar qirg’in qilindilar, 2 milliondan ko’proq inson qochqinga aylandi, ularning million nafari bolalarni tashkil qiladi. Bu vaqt mobaynida ayollar va bolalar ilmoniy tog’ut Bashar Asad tarafidan sodir etilgan qirg’in qilish, xorlash va qashshoqik alamlarini totdilar, bunga xalqaro hamjamiyat ham, islomiy yurtlar hokimlari ham qo’l qovushtirib qarab turishdi, bunday surunkali ommaviy qirg’inga ko’k chiroq yoqib berishdi. Biz suriyalik musulmonlarning bunday qirg’inga nishon qilib berilayotganining sababi ularning kurashlarining birdan-bir tabiati, deb ishonamiz. Zero, bu kurashlari faqat mustabidni ag’darishnigina emas, balki avvalo ilmoniy mustabid rejim o’rniga, Xalifalik davlati soyasidagi Islom boshqaruvini barpo etishni nishonga olgan. Shuning uchun G’arbning turli hukumatlari va siyosatchilari u erdagi qarshilik harakatini terroristlar va ekstremistlar deya tamg’alash bilan bu kurashni yomonotliq qilishga urinishdi. Aslida bu oddiy erkak va ayollarning o’z e’tiqodlariga muvofiq yashash va qalblarida chuqur o’rnashgan dinlari ahkomlari bilan boshqarilish istagida boshlangan qo’zg’olondir.

Shu boisdan biz G’arbning Suriyaga harbiy aralashuvini qoralaymiz, chunki bu aralashuv suriyalik musulmonlarni himoya qilishga qaratilgan emas, deb ishonamiz. Chunki e’tiborga oladigan bo’lsak, G’arb hukumatlarining o’zi ikki yildan beri Asadga o’z xalqini qirg’in qilishi uchun ko’k chiroq yoqib berib kelmoqda, uning o’zi Iroqni bosib olish paytida u erdagi musulmonlarga qarshi boyitilgan uran qo’lladi, u erda, jumladan Fallujada qirg’inlar sodir etdi, hamon Pokiston va Afg’onistonda uchuvchisiz samolyotlar yordamida bir necha sekund ichida yuzlab begunoh ayollar va bolalarni qirib tkshlamoqda. G’arbliklar bularning barchasini mintaqadagi o’z siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash maqsadidagina sodir etishmoqda va bularning bari mustamlakachi hukumatlar oddiy insonlarga yordam berishmasligiga, balki faqat o’zlariga yordam berishlariga qayta-qayta yaqqol dalolat qilib turibdi. Shuning uchun G’arbning Suriyaga bo’lajak har qanday aralashuvini rad etamiz. Zotan, bu aralashuv yurtda yana bir malay rejimni o’rnatishga olib boradi, bu rejim esa Suriya milliy koalitsiyasi bo’lib, u insonlar manfaatiga emas, G’arb manfaalariga xizmat qiladi. Buning ustiga, insonlarni intilishlaridan mahrum qilish va qo’zg’olonlarini o’g’irlash uchun har qanday islomiy qo’zg’alishni yo’q qiladi, shu bois yaxshisi, Suriya xalqini o’zining siyosiy kelajagini o’zi belgilashiga qo’yib bermoq lozim.

Ushbu yurishdan maqsad, Suriyada qonlar daryo qilib oqizilayotgani, buning asosiy qurbonlari ayollar va bolalar bo’layotgani sababli Britaniyadagi muslima ayollar g’azablarini ifodalashdir. Shuningdek, ular bu yurishlaridan Suriyadagi aka-ukalariga o’z birdamliklarini izhor qilish hamda ularning jinoyatkor baaschi rejimni ag’darish va uning xarobalari uzra Islomiy Xalifalik tuzumini o’rnatishdek kurashlarini qo’llab-quvvatlashni ham maqsad qilganlar. Ushbu Xalifalik tuzumi insonlarni g’amxo’rlik bilan boshqaradi, qonlarini himoya qiladi, ayollar va erkaklar doxil musulmon va g’ayrimusulmonlarning ehtiyojlarini Islom vojib qilganidek rostgo’ylik bilan qondiradi. Bu yurishdan yana aksar qismi dunyo armiyalari orasida eng katta armiya hisoblangan islomiy armiyalarimizga, jumladan, Turkiya va Misr armiyasiga nido yo’llash ham ko’zda tutilgan. Toki, ular Suriyadagi o’z birodarlari va opa-singillari jonlarini mudofaa qilish va insonlar intilishlarini ro’yobga chiqarish yo’lida ularga nusrat-yordam berish sari harakatga kelsinlar.

Biz Suriyadagi ayolar va bolalar qirg’inining nihoya topishini, odamlarning diktatorlik ostida yashashgan uzoq yillik zulmlari boshlaridan ko’tarilishini hamda yurtlarida adolat va hurmat-izzatga boy kelajak bino etilishini ko’rish ilinjida bo’lgan barcha ayollarni ushbu ahamiyatga molik yurishimizda qatnashishga da’vat qilamiz.

Hizbut Tahrirning

Britaniyadagi matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.