Doktor Ahmad Solih To”ma Xazrning xorijdagi muvaqqat hukumat raisi etib tayinlanishi

473
0

01

Bu hukumatning vazifasi (agar nur-yorug’likni ko’rib qolgudek bo’lsa) «islomchilar»dan odamlar etakchiligini tortib olish va ularga zarba berishga tayyorgarlik ko’rish

2013 yil 14 sentyabr shanba kuni Istanbulda Suriya milliy koalitsiyasi o’zining asli 115 nafar a’zolardan 97 nafari ishtirok etgan yig’inida doktor Ahmad Solih To”ma Xazrni xorijdagi muvaqqat hukumat raisi lavozimiga sayladi. Uning asosiy vazifasi qo’zg’olon jangchilari hukmronligi ostidagi mintaqalarni boshqaruvini qo’lga olish. U bu lavozimga birdan-bir nomzod edi. Bu To”ma degan kimsa mustaqil islomiy shaxs va sobiq imom-xatib bo’lib, 2005 yildagi «Damashq e’loni»ning asoschilaridan biri. «Damashq e’loni» harakati «Suriyada tinch yo’l bilan darajama-daraja o’zgarish yasash va mustabidlikdan demokratiyaga o’tish»ga da’vat qiladi. Uni saylashda Salim Idris ham, Ahmad Jarba ham qattiq harakat qilishdi va To”ma 75 ovozga ega bo’ldi. Endi u Suriyadagi qurolli jamoalar hukmronligi ostidagi mintaqalarni boshqarish uchun 13 vazirdan iborat muvaqqat hukumat tuzishi kutilmoqda. U rais etib saylanishi ortidan «uning hukumatining birlamchi ishi ozod qilingan mintaqalarda qayta barqarorlik o’rnatish, odamlar turmush tarzini yaxshilash va xavfsizlikni ta’minlashdan iborat» ekanini aytdi. So’ng «Suriya barcha suriyaliklar uchunligini, unda qotil va jinoyatchilarga o’rin yo’q ekani»ni ta’kidladi. Uning yordamchisi bunday dedi: «Muxolafat o’z reytingini ko’tarish uchun xalqaro bosimlarga uchramoqda, maqsad, milliy koalitsiya parlamenga o’xshab ish yuritishi, hukumat esa ijroiy hokimiyat vazifasini bajarishidir».

To”ma hukumati vaqtdan yutish uchun qilingan bir tadbir, albatta. Maqsad, shu vaqt orasida Amerika Jeneva va boshqa konferentsiyalarda koalitsiya bilan qonxo’r rejim dumlari o’rtasidagi muzokara natijasida o’tish davri hukumatini olib chiqish, keyin esa sobiq malayi o’rniga boshqa malay hokimni olib kelish uchun sharoit yaratish! Suriyaga zarba berish, kimyoviy qurollar va ularning turkumlari haqidagi gaplardan so’ng Amerika shuni istamoqda. Shu sababdan To”ma hukumati – agar Amerika unga Suriyada Islom uchun harakat qilayotgan har bir shaxsga tazyiq o’tkazish rolini belgilab bermasa – hal qiluvchi pozitsiyalarni egallashi kutilmaydi. Chamasi, ishlar ham aynan shu yo’nalishda ketmoqda. Masalan, Suriya milliy koalitsiyasi a’zosi Xolid Xo’ja ushbu muvaqqat hukumat zudlik bilan o’zini ko’rsata olishi kerakligini, aks holda, ekstremistligi ko’proq bo’lgan islomchilar foydasiga butun koalitsiya yo’q bo’lib ketishi mumkinligini aytdi.

Shunday qilib, bu yangi hukumat Amerika istamas ekan, o’zi aytgan nurni hargiz ko’rolmaydi. Amerika, bunga o’xshash muvaqqat hukumat o’zining o’tish davri hukumati tuzishdan va «Jeneva-2» orqali echim bosqichiga o’tishdan oldin islomchilarga zarba berish rejasiga xizmat qiladi, deb bilsa, shu yo’ldan ketishda davom etadi. Bu yo’lda unga xususan amerikaparast, qolaversa g’arbparast regional va xalqaro rejimlar yordam beradi. Ularning barchasi bugun Suriyada ko’zga yaqqol tashlanayotgan islomiy holatga zarba berish bo’yicha qadam tashlashmoqda. Chunki bu rejimlar qudrat va maqtov egasi bo’lgan Allohga imon keltirganlari uchungina o’ch olinayotgan qo’zg’olonchi musulmonlarga qarshi til biriktirishgan. Shuning uchun ham ular Jeneva konferentsiyasini o’tkazish va o’tish davri hukumatini olib kelish uchun sharoit yaratib olgunga qadar islomiy ko’rinishga ega bo’lgan To”mani muvaqqat hukumat raisi etib saylashdi.

Ey Islom diyorining markazi bo’lgan Shomdagi musulmonlar!

G’arb va uning islomiy yurtlardagi hokim dumlari sizga qarshi til biriktirishgan, chunki ular Suriyada Alloh nozil qilgan boshqaruv barpo etilishidan qo’rqishmoqda hamda, hokimiyatda o’sha jinoyatkor rejim saqlanib qolishini afzal deb bilishmoqda. Bu erda Suriyadagi islomiy holatga zarba berish va uning vakillarini yo’q qilishga urinish ketmoqda. Bu masala mintaqadagi mustamlakachiligiga tahdid tug’ilayotgan G’arb uchun ham, chirik taxtlari butunlay yo’q bo’la boshlagan islomiy yurtlardagi tog’ut rejimlar uchun ham tashvishlanarli masaladir. Suriyadagi musulmonlar bu til biriktiruvchilardan, ularning birlashgani-yu bo’linganidan, ular foydalanayotgan jamoalar va shaxslardan, zohiri rahmatu, botini azob bo’lgan insonparvarlik yordamlari taqdim qilayotgan kimsalardan, bularning hamma-hammasidan ehtiyot bo’lmoqlari lozim. Bu hokimlar hatto zohirda o’z yordamlarini taqdim qilayotganlarida ham ularning xatti-harakatlariga G’arbga malaylik, Ummat va uning diniga xiyonat hukmron. Ular, ayniqsa, Ummat malalasini xorlarcha tashlab qo’ygan Ko’rfaz davlatlari hokimlari mansab kursilarini pulga sotib olish, fuqarolik davlatiga rozi bo’lish, musulmonlarni qurol bilan ta’minlash evaziga Islom davlati qurishni talab qilmaslik bilan shug’ullanishmoqda, bu qilmishlari naqadar yomon-a!!

Ey Islom diyorining markazi bo’lgan Shomdagi musulmonlar!

G’arbning bizga qarshi fitnalari shu darajaga etdiki, bundan ogoh bo’lmaslik va unga qarshi turmaslik uchun hech bir musulmonga uzr yo’q. Bizni boshqarayotgan bu zararkunanda hokimlar biz uchun eng ko’p zarar etkazishyapti. Chunki agar ular bizga mablag’ va qurol bilan yordam berishni istaganlarida edi, bu ishni qilib, bizni kulfatdan ozod etgan bo’lishardi. Ammo ular bunday qilishmadi. Mabodo qilishgan bo’lsa ham, buni elchixonalar buyrug’i asosida qilishdi, xolos… Ogoh bo’ling, to hammamiz Alloh bizga farz qilgan Xalifalik davlati barpo etish atrofida birlashmagunimizcha, biz uchun na echim bor, na najot. Zotan, Xalifalik davlatigina G’arb ustimizga yog’dirgan barcha musibatlardan xalos etadi. Hizbut Tahrir barcha islomiy yurtlardagi qatori, Suriyadagi musulmonlarni shar’iy farz ekanidan tashqari, bugun barcha musulmonlar uchun hayotiy zaruratga aylangan to’g’ri yo’lni tutuvchi Xaliflik davlati barpo etish uchun birgalikda faoliyat qilishga da’vat etadi. Alloh Taolo aytadi:

«Ey mo’minlar, ichingizdan kimda-kim dinidan qaytsa, Alloh boshqa shunday bir qavmni keltiradiki, Alloh ularni yaxshi ko’radi, ular ham Allohni yaxshi ko’radirlar, ular mo’minlarga xokisor, kofirlarga esa qattiqqo’l, biron malomatgo’yning malomatidan qo’rqmay Alloh yo’lida jihod qiladilar. Bu Allohning fazlu marhamati bo’lib, uni O’zi xohlagan kishilarga beradi, Alloh fazlu karami keng, bilguvchidir. Sizning do’stingiz faqat Alloh, Rosuli va ta’zim-tavoze’ qilgan hollarida namozni barpo etadigan, zakotni ato etadigan mo’minlardir. Kimki Allohni, Rosulini va mo’minlarni do’st tutsa, albatta, Allohning (bunday) hizbi g’olib bo’luvchidir. Ey mo’minlar, sizlardan ilgarigi ahli kitoblar ichidan diningizni hazil-masxara qilib olgan kimsalarni va kofirlarni do’st tutmang, agar mo’min bo’lsangiz, Allohdan qo’rqing!» [Moida 54-57]

Hizbut Tahrir 11 zul-qa’da

1434h Suriya viloyati

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.