Rossiya-Tojikiston: harbiy baza to’g’risida kelishuv

425
0

getImage (2)

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon parlamentga Rossiya Federatsiyasi harbiy bazasini mamlakat hududida turish shartlari va maqomi to’g’risidagi kelishuvni tasdiqlash uchun taqdim qildi. Bu haqida prezidentni rasmiy saytida xabar qilinadi.

Rossiya va Tojikiston o’rtasidagi kelishuv 2012- yilning 5- oktyabr kuni Dushanbe shahrida imzolangan edi. Bu hujjat Rossiya harbiy bazasini turish muddatini 2042- yilgacha uzaytiradi.

Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasi Markaziy Osiyodagi eng kuchli harbiy bo’linmalardan biridir. Bu baza 2004-yili harbiy yordam joylashtirilgan to’g’risidagi kelishuvga binoan 201- sonli motoo’qchi diviziya asnosida Tojikistonga edi. Rossiya bo’linmalari Dushanbe, Ko’lob va Qo’rg’ontepa shaharlarida mavjud.

Shuningdek prezidentning rasmiy saytida, mamlakat parlamentiga tasdiqlash uchun taqdim qilingan hujjatlar qatorida, tojiklarni RF hududida bo’lishi hamda Tojikistonga neft mahsulotlarini etkazish sohasida hamkorlik to’g’risidagi kelishuvlar ham jo’natilgani, xabar qilinadi. .

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.