ShHT sammitida Suriya va Afg’oniston masalasi ko’tarildi

627
0

0

Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkilotining 13 sammiti boshlandi. Unga to’qqizta davlatning prezidentlari, Hindistonning tashqi ishlar vaziri va Pokiston boshvazirining maslahatchisi qatnashmoqda.

Rasmiylar sammitda asosan Suriyadagi vaziyat, ekstremizm va terrorga qarshi kurash masalalari hamda mintaqaviy xavfsizlik masalasi muhokama qilinishini ma’lum qilgan. Qolaversa, xorijiy kuchlar Afg’onistondan chiqib ketishga hozirlanar ekan, u erdagi xavfsizlik masalalariga ham katta e’tibor qaratiladi.

Sammit qatnashuvchilari Suriya masalasida bir ovozdan Rossiya tashabbusini qo’llab quvvatlashini bildirishdi.

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Suriyadagi kimyoviy qurollarni xalqaro nazoratga topshirish bo’yicha Rossiyaning tasabbusini qo’llab quvvatlar ekan, “bu tashabbusni Suriyaning o’zi ko’tarib chiqish kerak edi”, degan fikrni bildirdi. Karimovga ko’ra, Suriya xalqaro konventsiyaga qo’shilishi kerak. “Xalqaro hamjamiyat Suriya inqirozining o’z hududidan tashqariga chiqishiga yo’l qo’ymasligi lozim. Bu borada biz Rossiyaning pozitsiyasini qo’llaymiz”, dedi Karimov.

Shuningdek O’zbekiston prezidenti Afg’onistondagi vaziyatga to’xtalib, bu o’lkadagi ahvol Markaziy osiyo va undan boshqa mintaqalardagi vaziyatni keskinlashtirishi mumkin, deb hisoblashini bildirdi. “Shu bois O’zbekiston Afg’onistondagi barqarorlik harbiy yo’l bilan emas, muzokaralar bilan amalga oshishi tarafdori”, dedi u.

Qirg’iz prezidenti Almazbek Atamebaev ShHTning Bishkek sammiti ochilishida so’zlagan nutqida, Qirg’iziston Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vaziyatdan xavotirda ekanligini bildirib, Suriya masalasi tinchlik yo’li bilan hal qilinishi kerakligini ta’kidladi.

«Dunyodagi va bizning mintaqadagi vaziyat beqaror bo’lib turipti. Aynqsa Suriyadagi vaziyat beqarorlik uchun asos vazifasini o’tamoqda. Qirg’iziston Suriya masalasini tinch yo’l bilan hal qilishga chaqiradi”, dedi Atambaev.

Sammit davomida prezidentlar o’zaro uchrashuv ham olib borishadi. Jumladan O’zbekiston prezidenti Islom Karimov Xitoy, Eron va Rossiya kabi yirik davlatlar rahbarlari o’zaro uchrashuvlar o’tkazishni rejalashtirgan. Shuningdek, Eronning yangi prizedenti Hasan Ruhoniy Xitoy, Qirg’iziston va Rossiya prezidentlari bilan, Afg’oniston prizedenti Hamid Karzay esa Rossiya prezidenti bilan o’zaro uchrashishi xabar qilingan.

Turkiston:

Rossiya AQShning o’yinini o’ynashda o’ziga sheriklar to’playapti.

Xalqaro siyosatda ayniqsa Suriya masalasida, AQSh Rossiyadan yomon politsiyachi sifatida foydalanib keladi. Rossiya esa, xatto shu pozitsiyada bo’lsa xam etakchi davlat sifatini saqlab turganidan rozi. Chunki xalqaro siyosiy maydondagi Rossiyaning axvoli ancha yomon. U xatto O’rta Osiyo davlatlarining tizginini xam qo’lidan chiqara boshladi. TAPI, IPAK YO’LI kabi bir necha xalqaro proektlar Rossiyaning istaklariga teskari ketayapti. Bundan tashqari gaz va neft kabi xomashyolarni sotishda, Xitoy Turkmaniston, Qozog’iston va O’zbekiston davlatlari bilan Rossiyani chetlab o’tib to’g’ri muomila qila boshlashdi. Bu sharoitlarni bir necha yil ilgari, AQSh O’zbekiston bilan bevosita siyosiy va iqtisodiy aloqalar olib borish bilan urfga kirgizgan edi.

Rossiya dunyoda mustamlakachi davlatlar safidan pastga tusha boshladi. U xatto o’z byudjetini, neftni xom ashyo sifatida sotish asosiga qura boshladi. Bu esa etakchi davlatning sifatidan emas. Balki ishlab chiqarishda dunyo raqobatiga bardosh bera olmay qolgan, boshqa davlatlarga siyosiy bosim berishda zaiflashgan davlatning axvolidir. Rossiya vaziyatni o’nglash uchun olib borayotgan xarakatlarida, AQShga qo’l keladigan juda ko’p xatolarga yo’l qo’ya boshladi. Yuqorida ShOSga a’zo davlatlarini xam shu ishga tortishi, navbatdagi xatolaridan bo’lishi mumkin. Chunki AQSh parast davlatlar xam maydonda ular bilan birlasha boshlashdi.

Suriya masalasida esa, Rossiya Eron va xatto “xizbullox” darajasida o’ynay boshladi. U xatto xalqaro siyosatdagi Islom tomonidan ularga qaratilgan Mabda’iy xavf xatarlar vaziyatlarning ketuviga asosiy sabab bo’layotganini xam tiniq bilmaydi. Chunki u bilan shu darajadagi nozik masalalarning qirralari va unga qarshi tuzilayotgan xarakat rejalarining qirralari ochiq maslaxat qilinmay qo’ydi. Bu esa uni dunyo demokratik tamoillar asosidagi sistema ximoyachisi sifatida ko’rilmay qo’yilganidan darak beradi.

Aslida Suriya masalasida AQSh, Rossiya va uning tarafdorlari maslaxatiga xam yordamiga xam muxtoj emas. U vaziyatga ko’ra pozitsiyalarni o’zi belgilab, o’zi xoxishi bilan xarakatga kela oladi. Rossiya xatto Suriyani AQSh bosib olgan taqdirda, AQShning koalitsiyasiga majbur qo’shiladi, Afg’oniston va Iroqqa qarshi koalitsiyaga qarshilik qilib keyin qo’shilganidek. ShOS davlatlarining o’z xavfsizliklaridan bo’lgan xavotirlari, gox Rossiya gox AQSh manfaatlari tomon o’tib olishayotganiga sabab bo’lmoqda. Bu beqaror pozitsiyalari, aksincha vaziyatlarga yomon ta’sir ko’rsatadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.