AQSh senatorlari Obama qarorini ovozga qo’yishga shoshmoqdalar

348
0

04

 

AQSh senatining xalqaro munosabatlar qo’mitasi a’zolari yozgi ta’tillari tugashini kutmasdanoq prezident Barak Obamaning Suriyaga zarba berish haqidagi qarorini muhokama qilish uchun chorshanba kuni yig’ildilar.
Qo’mita qarorni ovozga qo’ydi. O’n senator qarorni tasdiqlab ovoz berdi, ettitasi qarshi chiqdi. Respublikachi senator Ron Djonson harbiy operatsiya qo’llash oqilona ish ekanligiga shubha bildirdi va undagi harajatlar masalasini ko’tardi.
Darvoqe, AQSh davlat kotibi Djon Kerri so’zlaridan RIA “Novosti” bildirishicha, Yaqin Sharq mamlakatlari AQShning Suriyaga kutilayotgan harbiy aralashuvi harajatlarini o’z zimmalariga olishlikni taklif qilganlar. “Mazkur taklif ko’rilib chiqilmoqda, – bayon qildi davlat departamenti rahbari. – Umuman, ulardan ba’zilarining aytishicha, biz avvallari ham boshqa mamlakatlarda qilganimizdek, AQSh bu safar ham aytayotganining barchasini bajarsa, bu harajatlarni o’z zimmalariga oladilar. Shu darajada ular bizga sodiq. Bu narsa rejada yo’q edi, bu narsa haqida hech kim gapirmagan, biroq ular o’zlari bu haqda jiddiy aytmoqdalar”.
Senat Obamaning qarorini AQSh kongressi yozgi ta’tildan 9 sentyabrda qaytgach, a’zolarining to’la tarkibida ko’rib chiqadi.

 

Turkiston: Aslida asosiy masala bu hujumdagi xarajatlarda emas. Bu degani bizning xoin raxbarlarimiz tek turib turishsa yoki bu hujumga rozi bo’lishmasa ham AQSh o’z cho’ntagidan o’ylaganini amalga oshirgan bo’lar edi. Lekin islomiy yurtlarni o’z yurtlarini portlatishlariga o’zlariga pul to’latish, AQShning ham siyosiy ham iqtisodiy manfaatlariga muvofiq kelsa, bizlarga aksincha siyosiy va iqtisodiy zarar keltiradi. Bu Abamaning o’z xalqi oldida obruylantiradi. Ular kofir bo’lgan xollarida o’z xalqining manfaatlari uchun ular oldida shunchalar xisob bersalar, bizning yurtlarimiz xokimlari, faqat o’sha kufr raxbarlari oldida xisob berishadi. Chunki ular, bizlarning xoin raxbarlarimizni xatto o’z xalqidan himoya qilib berishga va’da qilishgan. Bugungi kunda Asad, Muborak, Akaev, Bakiev, Karimov va xokazo deyarli barchasi bunga misol bo’la oladi. Farqi yo’q ba’zilari taxtda bo’lishsa ba’zilari undan ketishgan. Xalqaro qonunlar o’sha katta davlatlar qo’llarida bo’lganidan va ular uni o’z xoxishlariga ko’ra tasarruf qila olganlaridan, unga ko’z yumib, biz xalqaro qonun va huquq normalari oldida barobarmiz deb dunyoga jar solayotgan xokimlarimiz bor ekan, vaziyat o’zgarmaydi. Chunki hamma balo ana shu xalqaro qonunlarning mavjud bo’lib turishining o’zida. Ikkinchidan bu qonunlar kufr qo’lida va manfaatlarida ekanligidan kelib chiqadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.