Inqilob bu – terrorizmdir

331
0

images

Misr ko’chalari yana hukumatga qarshi namoyishlar bilan to’lib toshgan. Kecha Qohirada inqilobni rad qilib “inqilob bu – terrorizmdir”, degan nom ostida namoyish bo’lib o’tdi. Faollar tomonidan internet tarmog’iga joylangan video lavhada tinch namoyishchilarning qirg’in qilinganligini tanqid qilib chiqqan namoyishchilar Misrning bir qancha mintaqalarida ulkan yurishlar tashkil qilinganligi aks ettirilgan.

Asyut universitetining talabalari ham misrliklarni Fesbook tarmog’i orqali harbiy inqilobni tanqid qiladigan namoyishlarga chorlamoqda. Biroq Misrning muvaqqat prezidenti Adli Munsurning ta’kidlashicha, er yuzidagi biror bir kuch Misrda soat millarini ortga qaytara olmaydi. “Kutilmagan holatni e’lon qilish qarorini qabul qilish oson kechmadi. Lekin ba’zi ektremistlar tomonidan amalga oshirilgan terroristik harakatlar bizni shu yo’lni tanlashga majbur qildi. Men qonun kishisi sifatida bu yo’lni tanlamagan bo’lardim”, dedi Adli Mansur.

U o’ziga muxolif bo’lganlarning harakatini “Misrning kulini ko’kka sovurish”, deb atab, “hech qanday prezident mamlakatining kuli ko’kka sovurilishini qabul qilishi mumkin emas”, dedi. Ammo harbiylar va xavfsizlik kuchlarining qattiq qarshiligiga qaramay namoyishchilar o’z yurishlarini davom ettirishmoqda.

Turkiston: Adli Mansur xam Mursiy singari, o’zining kimligida adasha boshladi. U bir Amerikaga qaram xarbiylar qo’lidagi qo’g’irchoq bo’la turib, xuddi Mursiy singari ularning qilgan xunrezliklarini o’z zimmasiga olishga va oqlanishga xarakat qiladi. Bu esa AQShning manfaati bo’lib, musulmonlar nafratini xaqiqiy davlat boshliqlaridan, qalbaki va xatto taxtdan ag’darilganida xam xech narsa o’zgarishiga olib bormaydigan bir shaxs tomoniga burishga bo’lgan urinishdir.

Lekin xalq siyosiy ongi oshib borarkan, butun nafratini qo’g’irchoq askar yoki raxbarlarga emas, balki Islom va musulmonlarning xaqiqiy dushmani bo’lmish, dunyo kufr, qonxo’r, demokratik sistemasiga qarata boshlaydi. Shunda u xaqiqiy nishonni mo’ljalga olgan bo’ladi.

O’shanda musulmonlarga qarshi kufrga xizmat qilayotgan quvvatlarning barchasi bira to’la nishonga olingan bo’ladi. Ular birin ketin kufrni tark eta borlashadi. Chunki bular bizning fosiq birodarlarimiz bo’lib, xozir xam kufrni sevganidan emas, balki dunyo matolariga o’ralashib qolganlaridan va o’sha matolari bularga go’yoki kufr tomonidan berilayotgandek ko’rinayotganidan adashishmoqda. Asl xaqiqat ro’yobga chiqib, dunyo matolari musulmonlar qo’liga o’tib borishi, bu fosiq birodarlarimizni xatto biz tomonga o’tishga majbur qiladi.

Alloxdan o’sha kun kelgunicha bu birodarlarga xidoyat etib kelishini so’rab qolamiz. O’zimizga esa, o’sha kun kelguncha sabrda bardavom turib berishni tilab qolamiz. Amiin Olloxga oson.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.