Arab Ligasi ham AQShni yoqlaydi

306
0

0

Bashar Asadning asosiy ittifoqchilaridan sanalgan Rossiya, Eron va Xitoy davlatlari AQSh va Yevropani Suriya masalasiga harbiy aralashuv oqibatidan ogohlantirdi. Ularning ta’kidlashicha, har qanday aralashuv butun mintaqa uchun salbiy oqibatlarga sabab bo’lishi mumkin.

AQSh Asad kuchlari Sharqiy G’uta mintaqasiga kimyoviy qurol ishlatganiga ishonchi ortib borayotganini aytar ekan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShni Suriya masalasida o’ta ogoh bo’lishga chaqirdi.

Buning aksi o’laroq Turkiya hukumati harbiy amaliyotga undamoqda. Turkiya tashqi ishlar vaziri Ahmad Doud Ug’li kimyoviy qurolni ishga solishni insoniyatga qarshi jinoyat deb sifatlab, “bunday jinoyat qarshisida sukut saqlab turmaslik va qilinishi kerak bo’lgan ishni qilish lozim”, deya bildirdi.

Shuningdek, Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, Suriyaga qarshi operatsiya uchun BMT Xavfsizlik Kengashining fotihasini olish shart emas. Uning fransiyalik hamkasbi Loren Fabius nazarida kengashda Suriyaning ittifoqchilari bo’lmish Rossiya va Xitoyning roziligini olish ham shart emas, bunday vaziyatda qo’l qovushtirib o’tirish yarashmaydi.

AQSh va evropaning bu xarakatlaridan so’ng Arab davdatlari ligasi ham darhol o’rtaga chiqib, Suriya rejimini ayblay ketti. Kecha Qohirada o’tgan yig’ilishida Qimyoviy hujum mas’uliyatini to’liq Asad rejimiga yuklagan Liga, jinoyat sodir etganlarni xalqaro mahkamaga topshirishni talab qildi.

Suriyada yuz mingdan ortik musulmonlar qatl eitilishiga nisbatan og’ziga talqon solib o’tirgan Arab ligasi kechagi o’z bayonotida Suriya rejimini kimyoviy kurolni ishga solish bilan axloqiy va insoniy qiymatlarni erga urganlikda aybladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.