Masjidda ham qirg’in

426
0

1

Misrdan kelgan oxirgi xabarlarga ko’ra, namoyishga chiqqan tinch aholini qirg’in qilish davom etmoqda. Namoyishchilar qaerga yashirinmasin Harbiylar va xavfsizlik kuchlari ularni ta’qib qilishni to’xtatmayapti.

Masjidning ham hurmati e’tiborga olinmay qurolsiz olomon ustiga bostirib kirish va ayovsiz o’qqa tutish natijasida masjidlar o’liklar va yaradorlarga to’lgani aytilmoqda. Musulmonlar jon saqlash uchun yashiringan “Fath” masjidi davlat kuchlari tomonidan qurshab olinib o’qqa tutilgan. Masjiddagilar orasida xotin-qizlar va bolalar ko’p bo’lishiga qaramay xarbiylar uning ichiga gazli bombalar uloqtirishgan.

“Robia” masjidida undan ham dahshatliroq manzara kuzatildi. Masjid ichidagi o’liklari bilan birgalikda to’lig’icha yoqib yuborildi. “Robia” masjidiga yaqin “Iymon” masjidi ham omon qolmadi. Iskandariyadagi “Qo’mondon Ibrohim” masjidi xavfsizlik kuchlari tomonidan tajovuzga uchradi.

Ajabnalarlisi shundaki, bu tajovuzlar rasmiylar tomonidan, hatto Azhar Sharif mas’ullari tomonidan ham tanqid qilinmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.