Turkiya islomchilari dindagi o’z sheriklarini Misr bo’xroniga aralashishlikka chaqirmoqda.

445
0

1

Besh minga yaqin odam Istambulning markazida Misr muvaqqat hukumatining harakatlariga qarshi norozilik mitingiga yig’ildilar. Namoish qatnashchilari Qohiradagi islomchilarni tarqatib yuborayotgan harbiylarni “tinch fuqarolarning qotillari” deb qoraladilar.

Mitingda Misr harbiylarini davlat to’ntarishida ayblovchi shiorlardan tashqari dunyoning boshqa islomiy o’lkalariga ham Misrdagi xunrezlikni to’xtatish uchun aniq harakatlar qilishga chaqiriqlar yangradi.

Turkiyaning Bursa shaxridagi norozilik aktsiyasida esa shaxsan premer-ministr Rajap Toyip Erdug’on ishtirok etdi. Erdug’on Misr mudofaa ministri Abdul Fattoh as-Sisini Bashar Asadga qiyosladi va ikkisini ham tinch aholini hatto masjidlarda o’ldirib, insoflarini yo’qotganliklarida aybladi.

Avvalroq Turkiya Misrdan o’z elchisini chaqirib olgan. Qohira ham aynan shu alfozda javob qilgan. Undan tashqari ikki mamlakatning rejalashtirilgan harbiy-dengiz mushtarak mashqlari ham bekor qilingan.

Turkiston:

Erdagon qaysi niyyat bilan qilmasin to’g’ri qildi. U Saud qiroli va arab o’lkalari amirlaridan farq qilib, o’z xalqi bilan birga Islom va musulmonlar dushmanlariga qarshi pozitsiyani egalladi. Xar bir ishimizning oxiri xayrli bo’lsin Omiin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.