Misrdagi vaziyatni barqarorlashtirishga bo’lgan harakatlar.

448
0

00

Kelasi xaftada Qohiraga BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo’yicha o’rinbosari Djeffri Feltman keladi. Feltman tashrifining yakunida Misrdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo’yicha BMT harakatining strategisi belgilanadi.

O’z navbatida, YevroIttifoq mamlakatlari rahbarlari Yevropaning mushtarak pozitsiyasini ishlab chiqish uchun shoshilinch ravishda kengash o’tkazishlikni rejalashtirmoqda. Bu mamlakatlar tashqi ishlar ministrlari Misrdagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun YevroIttifoq qabul qilishi mumkin bo’lgan choralar haqida yaqin kunlarda taqdimot tayyorlashlari kerak.

Bu orada evropalik mutaxassislar YevroIttifoqning Misrdagi vaziyatga ta’siri o’ta cheklanganligi haqida aytishmoqda. Mazkur krizisiga YevroIttifoq ta’sirini shuningdek Misrdagi qarama-qarshiliklar sabablari va oqibatlarini baxolash xususida Ittifoq mamlakatlarida yakdillik yo’qligi ham kamaytiradi.

Shu vaqtning o’zida NATOdagi manbalar ma’lum qilishicha, alyansdagi strukturalar Misr xususida shoshilinch qarorlar qabul qilish niyatida emas hamda bu mamlakatdagi vaziyatning keskinlashi sababli kuch qo’llashlik harakatlari stsenariysini ko’rib chiqayotgani ham yo’q.

Avvalroq, Ozarbayjonning Gabala shaxrida o’tgan turkzabon mamlakatlari tashqi ishlar ministrlari hamkorligi Kengashining yig’ini ham Misrdagi vaziyat xususida bayonot qabul qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.