Anqara musulmonlar qoniga befarq emas

418
0

00

Anqarada minglagan musulmonlar Misrdagi musulmon birodarlarining yolg’iz emasligini va zolimlarga qarshi mazlumlar tarafida ekanliklarini izhor etishdi.

Hizbut-Tahrir Turkiya viloyati Anqara musulmonlari bilan birdamlikda namoyish uyushtirdi. Namoyish “Ko’chatepa” Jome masjidida o’qilgan juma namozi izidan Suriya va Misrda shahid bo’lgan musulmonlarga o’qilgan g’oibona janoza namozidan so’ng boshlandi.

Qo’llarida tavhid kalimalari bitilgan plakatlar va Xalifalik bayroqlarini ko’tarib olgan son-sanoqsiz musulmonlar Anqarada joylashgan AQSh elchixonasi tomon yurish qildi. “Allohu akbar” va “la ilaha illalloh, Muhammadur rosululloh”, kalimalari ila Ankara ko’chalarini larzaga solgan musulmonlar AQSh elchixonasiga etmay politsiya to’sig’iga duch keldi. Natijada “Kennedi” ko’chasida turib qolgan namoyishchilarga ayni joyda bayonotlar qilindi.

Anqara musulmonlari nomidan ilk nutq so’zlagan Amrulloh Ayan mazlum musulmonlar tarafida ekanliklarini ma’lum qilar ekan, bu hodisalar ortida Amerika va uning ittifoqdoshlari turganligini va bu qotillar hodsalar oqimini boshqarib, dastaklab kelayotganligini urg’uladi.

Hizbut-Tahrir Turkiya viloyati nomidan so’zga chiqqan Yelmez Chelek G’arb davlatlari bir necha yillardan buyon musulmonlarga tiqishtirayotgan demokratiyani musulmonlar tarafidan qabul qilmaganligi Islom o’lkalarida kechayotgan hodisalarning asosiy sababi ekanligiga e’tiborni tortdi. U o’z nutqida Amerika va Yevropa davlatlarini rozi qilish uchun o’zining musulmon fuqarolariga zulm qilayotgan, ayamay o’z xalqini qirayotgan, boyliklari ko’p bo’lishiga qaramay, ularning faqir yashashiga sabab bo’layotgan g’arb malaylarini fosh qildi. “Ochko’z mustamlakachi g’arb davlatlari musulmonlarga taklif qilayotgan demokratiya Iroqqa kirib kelganda nimalar qilganligini, masjidlarimizni portlatib, ayollarimizning nomusiga tajovuz qilganligini unutganimiz yo’q”, deya xitob qildi u.

Chelek Misr misolida demokratiyaning musulmonlar uchun qanchalik tahlikali va xatarli ekanligiga e’tiborni tortar ekan Musulmonlarga xotirjamlik baxsh etadigan yagona nizom Islom nizomi ekanligini, G’arb tiqishtirilayotgan demokratiya esa tog’ut nizomi ekanligini urg’uladi.

“Allohning Rosuli s.a.v. “musulmon bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi”, deya marhamat qildilar, Musulmondlar bugungi kunda hali ham demokratiyadan yuz o’girmaydilarmi?”, degan savolni o’rtaga tashlagan Chelek Islomning ham o’ziga xos, Xalifalik deb atalmish boshqaruv shakli mavjudligini ma’lum qildi va Rosululloh s.a.v.ning “so’ngra payg’ambarlik minhoji asosidagi xalifalik bo’ladi”, degan hadisini keltirdi.

Yelmez Chelek Allohdan bizlarning qalblarimizni, o’lkalarimizni va qo’shinlarimizni birlashtirishni so’rab, so’ziga yakun yasadi.

So’ngra Otaturk nomli shoh ko’cha bo’ylab o’nlarcha kilometrga cho’zilgan namoyishchilar Misr elchixonasi oldiga borib zolimni va zulmni la’natlagan duodan so’ngra tarqalishdi

http://www.youtube.com/watch?v=ZoIJBfWscJU#at=202

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.