Demokratiya ham, inqilob ham kerak emas, biz Xalifalik tarafdorimiz

414
0

getImage (1)

Hizbut-Tahrir Turkiya viloyatining chaqirig’iga javoban minglagan musulmonlar Istambul shahridagi Fotih jome masjidida to’planishdi. Hizbut-Tahrir Turkiya viloyati bir necha kun avval Fotih jomesida juma namozidan so’ng Misrda tinch namoyish chog’ida shahid bo’lgan musulmonlarga g’oibona janoza namozini o’qish uchun insonlarni da’vat qilgan edi. Bundan maqsad Misrda sodir etilgan xunrezlikni qoralash va musulmonlarni qo’llab quvvatlashdir.

Misrda qatl etilgan musulmonlarga g’oibona janoza namozini o’qish uchun yig’ilgan minglagan kishilar demokratiyani rad etib, Xalifalik davlatini xohlashini bildirishdi.

Juma namozi izidan g’oibona janoza namozi o’qilgandan so’ng Hizbut-Tahrir a’zosi Musa Bayug’li bayonot berdi. U Misrda kechgan xunrezlikni qoralar ekan, muammoning echimi demokratiya emas, To’g’ri yo’ldagi Xalifalik ekanligini urg’uladi.

Musa Bayug’li xoh Misrda bo’lsin, xoh boshqa Islom o’lkalarida bo’lsin, tinimsiz davom etayotgan zulmlarni bartaraf etish uchun musulmonlarni bitta bayroq ostida jamlaydigan Xalifalik davlatini tiklash va musulmonlar qaytadan bir siyosiy kuchga aylantirish lozimligini ta’kidladi. Uning ma’lum qilishicha, faqat va faqat ushbu farzni ado etish bilangina bu zulmlar va bosqinlarga chek qo’yish mumkin.

Namoyishda insonlar ko’tarib chiqqan plakatlarda quyidagi so’zlar yozilgan edi:

“Demokratiya, demokratiya deya ummatning qonini ichdingiz”.

“Misr uchun echim demokratiya emas, Xalifalikdir”.

“Ey intiqom olguvchi Zot! Usmonli Xalifalikni qulatgan Angliyadan o’zing intiqom ol”.

“Ey Qahhor! kofir Amerikaga qahringni soch”.

“Ey Jabbor! Isroilga qahringni soch”.

Va hokazo shiorlar bitilgan edi. Yig’ilganlar takbir-u tahlillar va demokratiyaga qarshi shiorlar ila Fotih jome masjididan Fotih xiyoboniga yo’l olishdi. U erda mazlum musulmonlar haqqiga duolar qilinib, namoyishga yakun yasaldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.