AQShning besh rejasi

445
0

01

AQSh harbiy kuchlari bosh shtabi rahbari general Martin Dempsi Suriya masalasida AQSh qo’shini jami 5 ta variantdan iborat reja ishlab chiqqanligini ma’lum qildi. Bular quyidagilardan iborat:

1) muxolif kuchlarga ta’lim tarbiya va yordam berish.

2) uzoqdan turib hujumlar uyushtirish.

3) harbiy parvozlar man qilingan zonani vujudga keltirish.

4) kutilmagan halokatlar xavfini kamaytirish uchun bufer zonasini yaratish.

5) kimyoviy qurollarni nazorat ostiga olish.

Martin Dempsi Suriya masalasiga oid bu harbiy rejalarni maktub orqali AQSh senatidagi qurolli xizmatlar qo’mitasining raisi Karl Levinga taqdim qildi.

Yaqinda Iroq tashqi ishlar vaziri Xushyor Zebariy “Ash-Sharq ul-Avsat” gazetasiga AQSh va Rossiya prezidentlari mushtarak qarorga kelib, Suriya prezidenti Bashar Asad hokimiyatda qolishi haqida kelishib olganligi haqida intervyu bergan edi. Biroq General Dempsining maktubida bildirilishicha, yuqoridagi variantlardan maqsad muxolifatga yordam berish va prezident Bashar al-Asad hukumatiga ko’proq bosim o’tkazishdir.

AQSh rasmiysi ko’zlangan maqsadni yanada tiniqroq ifoda etish uchun “Ayni paytda ekstremist guruhlarning kuchayishi va ommaviy qirg’in qurolining tarqab ketishi kabi biz istamagan natijalar ham ro’y berishi mumkin”, – deya yozadi maktubda.

General Dempsining rejalari orasida “Suriya uzra harbiy parvozlarni man qilish” rejasi ham ko’rsatilgan.

“Buni amalga oshirish uchun yuzlab AQSh samolyotlari safarbar etilishi lozim. Xarajatlar har oyda bir milliard dollargacha etishi mumkin. Bu ishda, shuningdek, amerikalik minglab askarlar ishtirok etishi kerak bo’ladi. Suriyaga qarshi harbiy yo’l qo’llash qarori qabul qilingach, AQSh buning asoratlari uchun tayyor turishi kerak”, deya ogohlantiradi general Dempsi Kongressga yozgan maktubida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.