Janoza marosimida qatnashgani va Shahidni muborakbod etgani uchun qamalgan!

336
0

gerb

2013 yilning 19 iyul kuni O’sh shaxar ichki ishlar boshqarmasi xodimilari birodar Ayubxon Mashrapovni janozada qatnashganlikda va Shahidni muborakbod etganlikda ayblab qamoqqa olishgan. Birodar Ayubxon Ummat dardi ustida qayg’urgan, malomatchining malomatidan qo’rqmagan xolis musulmonlardan. U qo’lidan kelganicha xalq xizmatini qilishi, boshpanasizlar, qashshoq kambag’al yoki so’rangan odamlarning barchasining mayyitlarini savobgarchilikka yuvib berishi bilan xalqning muhabbatidagi, hatto organ odamlari ichida ham hurmatga ega inson. U barchasi balog’at yoshiga etmagan sakkiz farzandning otasi va oilaning yagona boquvchisidir.

Birodar Ayubxonning bu qamoqqa olinishligi avvalgisiga bog’liq. O’shanda, 2013 yilning 12 iyun kuni, saxar soat 5.30 vaqtida O’sh oblasti ichki ishlar boshqarmasi xodimlari niqob kiygan hamda avtomatlar bilan qurollangan spetsnaz kuzatuvida birodar Ayubxon xonadoniga bostirib kirishgan. Uyidan noqonuniy hech narsa topisha olmagach, kompyuterining protsessorini olib chiqib ketishgan.

Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari kompyuter ichidan uning feesbuk pochtasini birodar Ayubxonning roziligisiz hamda sanktsiyasiz ochishgan va bu bilan ular Ayubxonning insoniy huquqlarini buzishgan. Shundan keyin ular hiyla qilib, suddan birodar Ayubxonni qamashlikka sanktsiya olishib olgan. Sanktsiya olishda keltirilgan asosga e’tibor bering: Keskanyor qishlog’i turg’uni Hamidov Qobiljon Hamidovich ismli bir odam ko’chadan bir disk topib olgan emish. Uni uyiga olib borib qo’ysa, Toshirov qishlog’ida yaqinda Bishkek turmaxonalarida sarson bo’lib axiri shaxid bo’lib kelgan Abdullaev Toshpo’lat akani janozasi videoga olinib disk qilingan ekan emish. Uni Hamidov darhol, Qorasuv ichki ishlar bo’limiga emas, balki 25 km uzoqda bo’lgan O’sh oblasti ichki ishlar boshqarmasining notanish xodimlariga olib borib bergan emish. Ular o’z navbatida, bu diskni ekspertlarga topshirib tekshirishsa, ekstremistik guruhlar tomonidan ishlab chiqilgan va Aybxon u erda nutq so’zlab, so’zida “shahid muborak, bizga ham shu kabi shahidlik o’limi nasib etsin”, degan so’zlari bor emish.

Ayubxonni birinchi kuni olib borib ertalab soat 07 dan kechki 17 gacha ushlab turishgan. Hech kanday advokat berilgan emas, jinoiy ish ham ilgari qo’zg’atilgan bo’lgan emas. Aslida, Qirg’izston Respublikasi jinoiy kodeksi bo’yicha, gumondor shaxs 3 soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emas. Ayubxon shularni talab qilganida, unga 3 varaq chamasida qog’oz ko’rsatib, xatto o’qitishgan ham. Unda ministrlikdan Ayubxonga chora ko’rish haqida buyruq kelgan ekan.

Bu qonunbuzarliklarni ma’lum qilib, birodar Ayubxon prezidentga, bosh prokurorga va Ichki Ishlar Ministrligiga: “Nahotki Qirg’izistonda mayyit janozasida qatnashish jinoyatga o’tsa, nahotki “Olloxu akbar uchun ham qamaydimi” degan Atambaev so’zlarining davri o’tib ketgan bo’lsa, nahotki “Meken sheyitteri”, “O’sh shayitteri” davrimizning obro’lilari bo’lib, va prezidentlar birin-ketin ularni olqishlab, nutqlar so’zlab turgan bir vaqtda, “shahid muborak” deyish jinoyat bo’lsa!”, – deb xat yozgan.

Birodar hanuz qamoqda qolmoqda va o’z talablariga javob ololgan emas. Oxirgi vaqtda Qirg’izstonda ro’y berayotgan voqealarga, ya’ni xolis musulmon erkaklariyu ayollarini ta’qib qilish va qamoqqa olishlarga qaraganda, prezident Almazbek Atambaev ham o’z kasbdoshi, Rossiya prezidenti Putin yo’liga ergashdi va musulmonlarga qarshi urush ochishga sharoitlar yaratmoqda. Qirg’izston turmalarida musulmonlarga qarshi zulm kuchayib bormoqda, bunga misol – qamoqxonalardan chiqayotgan shahidlar mayyitlari. Bu hokimlar tanlagan yo’l o’zlariniyu va ularga ergashganlarni faqat halokatga olib boradi. Alloh Subhanohu Quronda aytadi:

“(Ularning qilmishlari) huddi Fir’avn odamlari va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga o’xshaydi. Ular (Fir’avn odamlari) Parvardigorlarining oyatlarini yolg’on deyishgach, Biz ularning gunohlari sababli halok qildik va (dengizga) g’arq etdik. (Chunki) hammalari zolim kimsalar edilar”. (8 : 54)

Hamzin Eldor

Hizb ut-Tahrir.

Qirg’izston. 23.07.2013

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.