Suriya xalqining chekkan barcha zahmatlari G’arb gardanida, – Qodri Jamil.

398
0

001

Suriya xalqining chekkan barcha zahmatlari asosiy mas’uliyati G’arb gardanidadir. Bu haqda Suriya vitse-primeri Qodri Jamil Rossiya tashqi ishlar ministri Sergey Lavrov bilan Moskvada o’tgan uchrashuvidan keyin bayon qildi.

“Suriya xalqining chekkan barcha zahmatlarining asosiy mas’uliyati G’arb gardanidadir. Do’stona mamlakatlar yordami bo’lmaganda, xalq taqdiri nimalar kechishligi mumkinligini tasavvur qilish qiyin”, – dedi u.

“Oxirgi ikki yil ichida hukumatni ag’darishga urinishlar bo’ldi. Biroq bu siyosiy va harbiy qadamlar muvaffaqiyat qozonmadi”, – qayd qildi vitse-primer.

Suriya ichki muxolifatining vakili sifatida, “O’zgarishlar hamda ozodlik Xalq Fronti” rahbari Qodri Jamil Suriyadagi bo’xronning yagona echimi siyosiy kelishuv deb xisoblaydi. “Vaziyat o’ta murakkab, biroq echim topsa bo’ladi. Buning uchun siyosiy yo’l tutish kerak”, – deydi vitse-premer. Uning so’zlariga ko’ra, ichki muxolifat to’lig’incha «Jeneva 2» tinchlik konferentsiyasini o’tkazishlik tarafdori.

Avvalroq, Sergey Lavrov, Suriya bo’xronining harbiy echimi mavjud emas, deb bayon qilgan. “Bu fikrni, mustasnosiz, jarayonning barcha tomonlariga etkazishni xohlardik, – takidladi Lavrov. – Hukumat bilan uchrashayotganimiz kabi, muxolifatning barcha guruhlari bilan ham uchrashuvlarni davom etdirmoqdamiz va barchani, oldini ola shartlarisiz Jeneva bayonotini tatbiq qilish uchun xalqaro konferentsiya chaqirish xususidagi rus-amerika tashabbusini imkoni boricha tezroq qabul qilishlikka ko’ndirmoqdamiz”.

Ministr so’zlariga ko’ra, bu narsaga tayyor ekanligini bayon qilayotgan hukumatdan farqli o’laroq, muxolifatning ko’pchilik qismi, shu jumladan, Milliy koalitsiya ham, afsuski, bunday xohish izhor qilmayapti. Shu sabab Moskva “o’zining Koalitsiyaga ta’sir o’tkaza oladigan sheriklarini o’z nufuzlaridan xayrli yo’lda foydalanib, uni xozirgi maxsulsiz pozitsiyasidan voz kechishlikka ko’ndirishga qat’iyat bilan chaqirmoqda”, takidladi u.

Shu vaqtning o’zida, Milliy koalitsiya, Damashqdagi «Yarmuk» falastinlik qochoqlar lageriga hukumat kimyoviy qurol hujumi uyushtirganini bayon qilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.