Shom inqilobiga nisbatan Rossiya pozitsiyasi.

400
0

ato-rushta

Shom inqilobiga nisbatan Rossiya tutgan pozitsiyasi xususida Baxir Mahmud bergan savolga javob.

SAVOL:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

Aziz birodar, shayx Ato, Alloh sizni o’z hifzu-himoyasida asrasin.

Mening savolim Rossiyaning Shom inqilobiga nisbatan pozitsiyasiga tegishli. Mening fikrimcha, Rossiya Amerika bilan inqilob xususida manfaatlarni ro’yobga oshirishlikda tengma teng mavqeda turib raqobatlashmoqda. Ammo sizning tahlilingizda Amerika Rossiyadan foydalanmoqda deyilgan. Shu narsa qanday ro’y berayotganligini yoritib bersangiz. Alloh sizdan rozi bo’lsin!

JAVOB:

Vaalaykumussalam va rohmatullohi barokatuh.

  1. Javob yorqinroq bo’lishi uchun men sizga ba’zi jihatlarni eslatib qo’ymoqchiman: Siyosiy xodisalarni tushunishlikda ularning tashqi ko’rinishlariga qaralmaydi. Bu tashqi ko’rinishlar ko’p hollarda qalbaki bo’ladi va xodisalarni to’g’ri tushunishdan insonni chalg’itadi. Bu narsa, ayniqsa ta’sir kuchiga ega derjavalar o’zaro siyosiy munosabatlarini hal qilishlikda hech qanday qadriy qiymatlarni xisobga olmayotgan bugungi olamga tegishlidir.
  2. Sovetlar Ittifoqi parchalanib ketganidan so’ng global xalqaro maydonda Rossiyaning siyosiy roli keskin qisqardi va uning xayot-mamot masalalari sobiq Sovet Ittifoqi respublikalari hududlaridagina cheklanib qoldi. Hatto, Sovetlar Ittifoqining hukmronligi ostidagi Sharqiy Yevropa mamlakatlari ham hech qanday tayyorgarliksiz Yevroittifoq tarkibida bo’lib qolishdi. Undan ham battari, Rossiya o’z nazorati ostidagi Serbiyani NATOning shiddatli xavo xujumlaridan saqlab qololmadi. Hatto, Rossiya himoyasidan foydalanib kelgan serb etakchilari ham Xalqaro jinoiy sudga tortildi va Rossiya ularni qutqarib qololmadi.
  3. Rossiyaning boshqa mintaqalardagi harakatlari, masalan, O’rta Sharq va Sharqiy Osiyoda, iqtisodiy manfaatlar chegarasidan tashqari chiqmaydi va ular siyosiy taasirga ega bo’lishlikka qaratilmagan. Agar Rosiyaning bu mintaqalarda siyosiy harakatlari mabodo paydo bo’lib qolguday bo’lsa ham, ular kelishilgan yo kelishilmagan holda Amerikaning shu mintaqadagi harakatlariga mos kechadi. Va, xar qalay yaqin kelajakkacha, shunday bo’ladi.
  4. Rossiyaning sobiq Sovet Ittifoqi respublikalaridagi ulkan siyosiy manfaatlari va uning boshqa mintaqalardagi, Amerika pozitsiyasi bilan kelishishlikka majbur bo’lgan zaif mavqei o’rtasidagi farq ko’rinishligi uchun men sizga Rossiyaning xayot-mamot masalalari belgilangan hududdagi hamda Sharqiy Osiyo va O’rta Sharqdagi uning harakatlaridan misollar keltiraman:

Sovet Ittifoqining sobiq respublikalari:

– Gruziya.

2003 yilning noyabrida «Atir gullar inqilobi» vositasida Saakashvili Gruziyani Rossiyaning biqinidagi amerikalik keskinliklar o’chog’iga aylandirishga harakat qilib ko’rdi. Amerika uni Janubiy Osetiyaga hujum qilishlikka turtdi va keyin Rossiya bilan bo’ladigan muzokaralarda unga o’zining qo’llovini va’da qildi. 2008 yilning 8 avgustida Gruziya haqiqatdan ham Janubiy Osetiyaga bostirib kira boshladi. Bu hujum ortida Amerika turganligini bilgan holda (xususan Amerika bu narsani o’zining ba’zi mas’ul shaxslari bayonotlarida ko’rsatib qo’ydi) va shunga qaramasdan Rossiya Gruziyaga hujum qilib, undan Osetiya va Abxaziyani ajratib oldi, ya’ni Rossiya Gruziyani bo’lib tashlash amaliyotini bajardi va o’ziga hech qanday ziyon keltira olmasligini, hatto, bezovta ham qila olmasligini Gruziyaga tushundirib qo’ydi. U Amerikaning rus armiyasi ma’naviy ruhiyatiga ta’sir qilish maqsadida Rossiyaning Gruziya shimolidagi amaliyotini barbod bo’lgan qilib ko’rsatishga harakat qilayotganiga, ruslarning Gruziyaga bostirib kirishligiga nisbatan xalqaro munosabatga, xalqaro huquqni buzganligiga va boshqalarga ishora qilayotganiga e’tibor ham bermadi.

– Qirg’iziston.

Rossiya 2009 yilda Qirg’iziston prezidentligiga Bakievning qayta saylanishligini qo’llab-quvvatladi. Bakievning Rossiya tarafidan qo’llab-quvvatlanishi juda ham sezilarli darajada bo’lgan edi. Prezident Medvedevning o’zi Qirg’izistonga kelgan va 23 iyul kuni Bakievning inauguratsiya marosimida ishtirok etgan edi. Shundan so’ng, 2010 yilning 19 fevralida Qirg’izistonga amerikalik diplomat Richard Xolbruk tashrif buyurgan chog’ida, Rossiya Bakievning Amerika bilan yaqinlashayotganini sezib qoldi. Bakievning Xolbruk bilan uchrashuvi omma e’tiboridan yiroqda o’tdi. O’sha uchrashuv haqida «Rossiya segodnya» nashriyoti «Interfaks-Rossiya»ga ishora qilib, 2010 yil 19 fevral sonida, “Xolbruk prezident Kurmanbek Bakiev bilan ikki tomonlama munosabatlarning kelajagi hamda Afg’onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Omma e’tiboridan tashqarida tomonlar Afg’onistondagi vaziyat xususida fikr almashishdi hamda ikki davlat foydasi uchun o’zaro hamkorlikni jadallatish yo’llarini muhokama qildilar”, – deb yozgan edi. Shuningdek «Rossiya Segodnya» 17.03.2010 sonida, “Yaqin kunlarda Qo’shma Shtatlar qirg’iz shaxri Botkenda terrorchilik bilan kurashishlik uchun maxsus qismlarni tayyorlash markazini qurishlikka Qirg’izistonga 5,5 mln dollar yordam ajratdi”, deb ma’lum qilgan edi. Bakievning Amerikaga ba’zi moyilliklarini sezgan Rossiya, Bakievning Amerika bilan bo’ladigan keyingi munosabatlarining oldini olish uchun unga qarshi davlat to’ntarishini uyushtirishga shoshildi. 2010 yilning 8 aprelida Bakievga qarshi amalga oshirgan to’ntarish amaliyotidagi o’zining «g’alabasidan» Rossiyaning esankirab qolgani aniq bilinib turdi.

– O’zbekiston.

Karimov Rossiya bilan birga bo’lgan. Xususan Rossiya unga Andijon voqealarida harbiy yordam ko’rsatgan. Biroq, iqtisod hamda xavfsizlik soxasidagi Amerika tarafidan qilingan qiziqarli takliflar uni Amerika tarafga toboro o’sib borayotgan moillik ifoda qilishga, hamda, shu vaqtning o’zida, sezilarli darajada Rossiyadan yiroqlashishga undadi. Bu narsa O’zbekiston 2009 yilning avgust-oktyabr oylarida KXShT uyushtirgan harbiy mashqlarida ishtirok etishdan bosh tortgan vaqtida aniq ayon bo’ldi.

Mazkur rad etish Rossiyani tashvishlantirib qo’ydi, chunki O’zbekistonning bu hatti-harakati tashkilotdagi o’z a’zoligini to’xtatib qo’yishligiga ishora edi. Ayniqsa, ishtirok etishdan bu bosh tortishlik, Toshkentga amerikalik general Devid Petreusning 2009 yil 18 avgustidagi tashrifi va Karimovning u bilan uchrashuvi hamda prezidentning shu uchrashuvda, “O’zbekiston Qo’shma Shtatlar bilan teng huquqli sheriklikni hurmat qilish printsiplari asosida unumli hamkorlikni kengaytirishga tayyor”, deb bergan bayonotidan («Rossiyskie novosti», 18.08.2009.) keyin yuz berganini xisobga olganda, KXShTga a’zoligini muzlatib qo’yishiga shubha qolmagandi.

Ikki mamlakat o’rtasida ikkitomonlama hamkorlik qilish haqida kelishim imzolangan edi.

Shartnomada harbiy programmalar hamda malakali ta’lim olishlik qayd qilingan.

Bu voqealar Rossiyani xavf haqida bong urishga undadi. Shuning uchun ham Rossiya o’zining sobiq Sovet Ittifoqi respublikalariga nisbatan dadil amaliyotga o’tish uslubiga binoan harakat qilib O’zbekistonni KXShTga, ya’ni o’z nufuzi doirasiga qaytarish haqida rejalar tuza boshladi.

U Qirg’izistonning vaqtinchalik hukumatini hamda u erdagi o’z odamlarini o’zbeklarni O’zbekiston chegarasiga quvib va shu tariqa O’zbekistonga muammo tug’dirish uchun, o’zbeklarga qarshi ommaviy tartibbuzarliklar, qotilliklar, o’t qo’yuv va vayronagarchiliklarni boshlashlikka undadi. Bundan O’zbekistonga tug’iladigan muammoning mohiyati – Qirg’izistondan quvilgan ko’psonli o’zbeklarning O’zbekistonga ko’chib o’tishlikka majbur bo’lishligi. Buning natijasida muammoni, O’zbekiston o’z a’zoligini to’xtatib qo’ygan KXShT orqali echish uchun aralashishlikka asos paydo bo’ladi. Bunda Rossiya, yuzaga kelgan muammoni, tabiiyki Rossiya etakchiligida, hal qilish uchun O’zbekiston KXShTga qaytishlikka majbur bo’lishligini maqsad qilgan. Natijada O’zbekiston Rossiya nufuzi ostiga qaytishlikka va Amerikadan yiroqlashishlikka majbur bo’lishi kerak edi.

Bu reja muvaffaqiyat topishiga ozgina qoldi. O’zbekiston Tashkilotda ishtirok etishlikka va kuchlarini Rossiya qo’mondonligi ostida bu muammoni echish uchun jo’natishlikka rozi edi, agar Toshkentdagi amerikalik elchining Amerika hukumati nomidan ishga aralashishligi bo’lmaganida. Amerika hukumati o’zbek rahbariyati bilan bog’lanib, uni bunday ishtirokdan voz kechishlikka ko’ndirdi.

O’zbek hukumati bunga rozilik javobini berdi va avvalda o’zbek qochqinlariga ochib bergan chegarasini bekitib qo’ydi. Shu sabab ham davlat kotibining yordamchisi Robert Bleyk O’zbekistonning qochqinlar uchun chegarani yopib qo’yishlikdagi hamda boshqa harakatlarini maqtadi.

– Ukraina.

«Sariq inqilob» natijasida Ukrainada hokimiyatga Yushchenkoning kelishi va rossiyaparast Yanukovichning ketishi Rossiya uchun qattiq zarba bo’ldi. Amerika uning hokimlik davridan Ukrainaning G’arb bilan qorishib ketishligi uchun foydalandi. Prezidentlik lavozimida turib Yushchenko rus qoradengiz flotini 2017 yilda, ijara muxlati tugagach, Sevastopoldan haydab chiqarish bilan tahdid qildi. Yushchenko Ukrainani Yevropa Ittifoqi, Shimoliyatlantik shartnomasi Tashkiloti kabi muassasalarga to’lig’incha qorishtirib yuborish xususidagi o’z maqsadini yashirmadi. Kiev YevroIttifoq bilan sheriklik shartnomasi xususidagi muzokaralarga kirishdi hamda NATO a’zoligiga harakatlar planini so’radi. Shunday qilib, Rossiya nufuzi yo’q bo’lish arafasida qoldi. Biroq Rosiya Ukrainadagi o’ziga moil kishilarni faollashtirishga kirishdi. U Ukrainada, ayniqsa qishki mavsumda, muammolar keltirib chiqarishlikda, mamlakatga gaz etkazib berishning to’xtatilishligidan hamda uning narxi ko’tarilib ketishligidan foydalandi, chunki Ukraina iqtisodi ko’p jixatlarda Rossiyaga bog’liq bo’lib qolmoqda. Bu uslublar Rossiya tomonidan samarali qo’llanildi va u 2010 yilning fevralida hokimiyatga yana o’z kishisi – mamlakatning to’rtinchi prezidenti, Rossiyaning sodiq tarafdori, Yanukovichni qaytarishga muyassar bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab Amerikaning Ukrainada nufuzi zaiflashib bordi. Ukraina, «Sariq inqilobdan» avvalgi jadallik bilan bo’lmasada, Rossiya bilan munosabatlari iliqlashish tomon harakat qila boshladi.

Shunday qilib, tushunarli bo’ladiki, Rossiya imkoniyatida bor barcha uslublarni – siyosiy, iqtisodiy va, hattoki, harbiyni ham qo’llab, xayot-mamot masalasi mavjud hududda, ya’ni Sovet Ittifoqining sobiq respublikalarida o’z nufuzi va hokimligini saqlab qolishga harakat qildi. U bu respublikalardagi o’z nufuzidan o’ta majbur ahvolda bo’lib qolganidagina yoki mintaqaviy va xalqaro sabablarga ko’ragina voz kechdi.

Boshqa mintaqalar xususida aytadigan bo’lsak, bu erda ahvol boshqacharoq. Rossiyaning roli bu erda zaif va b’zida ikkinchi darajali ham. Mabodo uning ta’siri ko’ringuday bo’lsa ham, u bevosita yohud bilvosita Amerika bilan yondosh ketadi. Quyida bunga misollar keltiriladi: Sharqiy Osiyo

– Shimoliy Koreya.

Amerika Rossiyaning janubiy chegaralari yon-atroflarida xo’jayinlik qilmoqda va Guam orolida PRO sistemalarini joylashtirmoqda. Kamiga, Rossiya Shimoliy Koreyaga qarshi 2094 rezolyutsiyani ma’qulladi va Koreya xususidagi o’z pozitsiyasining Amerika pozitsiyasidan farqini deyarli sezmayapti.

Amerika Shimoliy Koreya chegaralariga yaqin erda uyushtirgan va 2013 yilning 19 fevralidan 30 apreliga qadar o’tgan kengmiqyosli harbiy mashqlari bilan Shimoliy Koreyaning g’azabini keltirdi. Bu mashqlar yirik va misli ko’rilmagan harbiy mashqlar edi. Ular Amerikaning Xavfsizlik Kengashida ilgari surgan va Rossiya hamda Xitoy ma’qullagan jazo choralarini qabul qilishlik bilan bir vaqtda o’tdi. Bu choralar Shimoliy Koreyaga nisbatan bo’lib, ular G’arbning, xususan Amerikaning qitig’ini keltirgan 2013 yil 12 fevralda o’tgan Shimoliy Koreyaning uchunchi mashqlari uchun qo’yilgan edi.

Avvalroq Shimoliy Koreya Osiyoning tinchokean hududiga nisbatan o’zining yangi strategiyasini e’lon qilgan. Strategiyaning mohiyati – yuzaga kelish ehtimoli bor xavfga qarshi turish uchun u hududga 2020 yilgacha o’z dengiz kuchlarining 60% ni jo’natish orqali u erdagi quvvatini kuchaytirish.

Amerikaning bu mashqlari Shimoliy Koreyani g’azablantirdi va uni Osyoning tinchokean hududida joylashgan Amerika bazalariga o’rta masofaga uchuvchi raketalar orqali zarba berish bilan tahdid qilishlikka undadi. Amerika bu bayonotdan shoshilinch ravishda Guam orolida PRO sistemalarini o’rnatishlikda foydalandi. Bu narsa Shimoliy Koreya bilan bir qatorda shuningdek Rossiyaning janubiga ham xavf tug’dirishiga qaramay, Rossiya o’ta yumshoq pozitsiyada turdi, hatto uning pozitsiyasi Amerikanikidan deyarli farq qilmadi. Rossiya tashqi ishlar ministrligining rasmiy vakili Aleksandr Lukashevich: “Pxenyanning fitnakashlik hamda urush ruhi bilan tuyg’ulangan yurishiga qarshi chiqishlikda biz ular bilan hamjixatmiz”, – degan edi. Shimoliy Koreyaga nisbatan Amerikaning adovatli munosabatiga javob sifatida Rossiya Amerikaga nisbatan biror-bir jiddiy pozitsiyani egallamadi va shuningdek Amerikaning Janubiy Koreya bilan zamonaviy qurollar ishlatib o’tkazgan fitnakashlik harbiy mashqlariga ham jim qarab turdi. Amerikaning bu harakatlari mintaqaga xavf tug’dirishini va bu harakatlar mintaqada barchani qo’rqitib turishlik hamda Amerikaning olamga hukmronligini o’rnatishlik uchun Amerikaning mintaqada qaror topib turishini mustahkamlashga qaratilganini bila turib Rossiya bu narsaga hech qanda munosabat bildirmadi. Amerikaning bu mintaqada qaror topib turishligi Rossiyaning o’ziga ham qarshi qaratilgan, chunki bu mintaqaga Rossiyaning kirib kelishligiga u imkon bermaydi.

– Endi O’rta Sharqqa o’tamiz.

Biroq, sizning Suriya xususidagi savolingizga javob berishdan avval sizga Liviya voqealaridagi Rossiya pozitsiyasi haqida eslatmoqchiman: Liviyadagi xalq harakatlari 2011 yilning 17 fevralida boshlangan. O’sha yil fevral oyining oxirlari, mart oyining boshlarida Yevropa, xususan Frantsiya, Liviyaga harbiy aralashishlik uchun muxit tayyorlayotgan, hatto kichik miqyoslarda bu narsani amalga oshirishga harakat ham qilib turgan edi.

Bu vaqtda Amerika davlat kotibi 2011 yil 2 mart chorshanba kuni senatda Liviyaga aralashuv haqida o’tgan tinglovda: “Qo’shma Shtatlar hech bir variantni ehtimoldan holi qo’ymaydi”, – deb bayon qilgan edi. U shuningdek, Qazzofiga qarshi tarafga yordam berish uchun qilingan har bir harbiy aralashuv nafaqat Liviyada, balki butun arab olamida janjalli bo’lishligini ogohlandirgan edi.

Shundan so’ng Rossiya tashqi ishlar ministri Sergey Lavrov o’z mamlakati Liviyaga qarshi har bir harbiy interventsiyaga qarshi ekanligini bayon qildi. 2011 yil 07 mart dushanba kuni Kaliningradda bo’lib o’tgan matbuot anjumanida u: “Liviyadagi bo’hronni hal qilish maqsadida qilingan horijiy aralashuvga, ayniqsa harbiy aralashuvga Rossiya qarshi chiqadi”, – deb bayon qilib Liviya masalasi xususida o’z mamlakatining qat’iy pozitsiyasini belgilab berdi va “o’z muammolarini liviyaliklarning o’zlari hal qilishlari kerak”, deb qo’shib qo’ydi.

Bir necha kundan keyin Amerika harbiy aralashuvni ma’qulladi va BMTning Xavfsizlik Kengashida 1973 rezolyutsiyasining qabul qilinishi (17.03.2011) ortida turdi. Mazkur rezolyutsiya ovozga qo’yilganda Rossiya ilgari qilgan bayonotlarini yutib yubordi, veto huquqidan ham foydalanmadi va, hattoki, e’tiroz ham bildirmadi, u bu saylovlarda shunchaki betaraf qoldi. Shunday qilib rezolyutsiya paydo bo’ldi va AQSh hamda Yevropaning harbiy aralashuvi yuz berdi. Ya’ni Amerika harbiy aralashuvni xohlamayotganda Rossiya ham qarshi chiqib turdi, ammo, qachonki Amerika aralashuvni xohlab qolganida Rossiya qarshilik qilmadi.

Endi Suriya haqida gapiramiz:

Suriyada Tunis, Misr, Liviya va Yamandagi «Arab baxoridan» o’zgacha, yangi holat ro’y berdi. Bu yangilik Amerika va boshqalarni qo’rqitgan islomiy shiorlarning kuchayishi edi. Bular insonlarning tuyg’ularini jo’shqinlantirib yuborgan, Xalifalikka bo’lgan chaqiriqlar edi. Bu yangi holat g’arbiy mamlakatlarni, xususan, Hafiz va uning o’g’li davridan buyon Suriyada siyosiy ta’sirga ega bo’lib kelgan Amerikani muammoli vaziyatga ro’baro qilib qo’ydi.

Ben Ali rejimi va uning politsiyasi tarafidan ezilgan, kamsitilgan va haqoratlangan Buazizi o’zini yoqib yuborishligidan boshlanib ketgan «Arab Baxori» inqiloblari G’arb uchun kutilmagan hol bo’ldi. G’arb o’z odamlariga muhitga sizib kirib, yanada balandroq ovoz va ishtiyoq bilan inqilob chaqiriqlarini talab qilishlarini buyurib, bu inqiloblar yo’nalishini boshlang’ich maqsadlardan boshqa tarafga o’zgartiroldi. So’ngra ular zulmkor obro’li avvalgi zolimni olib tashlab, uning o’rniga kamroq zulmkor obro’li odamni qo’yishdi. Biroq rejim avvalligicha, ilmoniyligicha, respublikachi va qaramligicha qoldi, faqat shaxslar o’zgardi xalos. Keyinchalikka ular bu uslub bilan tayyor echim sifatida qurollanib oldilar. Har safar insonlar hech qanday o’zgarishlar yuz bermaganini sezib qolib, qo’zg’olon ko’tarib ozodlikka chaqira boshlaganda, bu mustamlakachi mamlakatlar muhitga o’z odamlarini kiritishardi. Ular esa yanada ko’proq va qattiqroq ovoz bilan ozodlikka chaqirishardi va natijada o’zgarishlar shu mamlakatlar nazoratida va ular xohishiga binoan kechardi.

Suriyada esa vatanparvarlik va grajdanlik chaqiriqlari bo’lmadi, ozodlikka va demokratiyaga ham chaqiriqlar bo’lmadi. Shuning uchun ham g’arbparast kishilar bu chaqiriqlarni yanada kattaroq shijoat bilan ilib keta olmadi va odamlar ustidan etakchilikni o’z qo’liga olib, bir shaxsni ikkinchi shaxs bilan almashtirib va ishni shuning bilan tugatib qo’yishlikka erisha olmadi. Suriyada Islomga va Xalifalikka chaqiriqlar yangradi, biroq ular uchun odatdagi emas uslub bilan, ya’ni ular tiqishtirayotgan mo”tadil qatlam tarafidan emas. Suriya inqilobida ham boshqa, ya’ni «grajdanlar davlati», «demokratiya» singari chaqiriqlar bo’lishiga qaramay, u chaqiriqlar boshqa inqiloblardagiday etakchi bo’la olmadi va bu muhitga kirib borishning imkoni bo’lmadi.

Shu sabab ham Milliy kengash, Koalitsiya singari horijdagi amerika qo’g’irchoqlari va hatto Suriyaning o’zidagi Milliy koordinatsion organ kabi qo’g’irchog’i ham xalqning ma’qullovi va qo’llovini topa olmadi. Natijada Amerika qiyin ahvolga tushib qoldi: bir tarafdan u o’z agenti Bashar o’tmish bo’lib qolganini va avval otasi ikkisi qirq yil davomida qilganiday AQSh manfaatini boshqa ro’yobga oshira olmasligini va yahudiylarning xavfsizligini ta’minlay olmasligini tushunadi. Ikkinchi tarafdan, uning qo’g’irchoqlari inqilobchilar tomonidan ichki qo’llovga ega emas. Amerika, u yangi voris tayorlamay turib Bashar ag’dariladigan bo’lsa, o’rniga keladigan boshqaruv u xohlamagan boshqaruv bo’lishidan, ya’ni Xalifalik, yohud amerika stsenariysidan bo’lmagan, qandaydir boshqa boshqaruv bo’lib qolishidan xavfsiraydi. Shu bilan bir qatorda Amerika, avvalgi inqiloblardagi singari siquv va zulmga qarshi harakatda xalq bilan birgaligini namoish qilmoqchi bo’lyapti.

Shuning uchun ham Amerika zolimga qarshi xalqning tarafdori niqobi ostida boshi berk ko’chadan chiqib ketish yo’lini qidirmoqda. Shu vaqtning o’zida u, avvalgi zolimning vorisi bo’lib qoluvchi yangi agent tayyorlangunga qadar, o’sha zolimning mamlakatdan ketishini xohlamayapti.

Yechim Rossiyadan topildi: Rossiya Basharni qo’llaydi, Amerika esa o’zini Rossiya tufayli muammoni echa olmayotgan qilib ko’rsatadi. Rossiya Bashar bilan birga, Amerika esa inqilobchilar tomonida stsenariysida o’tayotgan muzokaralarda ishtirok etish uchun Rossiyaga tashriflarni ko’rib turibsiz. Amerika muammoni hal qilishlikda Rossiya bilan kelisha olmayotganini namoish qilmoqda. Shunday qilib, Bashar Rossiya quroli yordamida qon to’kishni va vayron qilishni davom etdirishi uchun bir tashrif ortidan yana tashrif, bir keyinga qoldirish ortidan yana bir keyinga qoldirish yuz bermoqda. Bularning barchasi Amerika yangi agentni tayyorlab olishi uchun qo’shimcha vaqt olib turishi maqsadida qilinmoqda. Bunda bu maqsad amerika qo’g’irchoqlarini qo’llab-quvvatlashliklariga insonlarni majbur qilish uchun qon to’kish orqali ro’yobga oshadimi, yoki unga, oxir oqibat, yangi hukumatning xavfsizligini ta’minlash baxonasi bilan Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasi ila niqoblangan Amerikaning harbiy aralashishligi orqali erishiladimi, farqi yo’q.

Shunday qilib, xar safar og’ir ahvolda qola turib, Amerika muzokaralar orqali echim ishlab chiqish uchun kelishimlar borligini namoish qilib, Rossiya bilan muhokamalarni boshlaydi. Shundan keyin yana Rossiya bilan Amerika o’rtasida kelishmovchiliklar haqida bayonotlar takrorlanadi. Hatto, Amerika, Suriya hukumatining kimyoviy qurol ishlatishi «qizil chiziq» xisoblanishligi haqida aytganida va Frantsiya unga kimyoviy qurol ishlatilganligi haqida aniq dalillar keltirganida, bu dalillar etarli emas deb baxona qilgan edi. Qachonki dallillar tasdiqlangach, Obama, Rossiya bu dalillarga shubha qilmoqda, dedi. Bularning barchasi Amerika xozircha o’zining amaldagi agenti o’rniga xalq qabul qilguday o’rinbosar topolmayotganidan yuz bermoqda. Uning horijdagi qo’g’irchoqlari xalq tomonidan qo’llovga ega emas. Shuningdek xalq, rejim bilan mamlakat ichidayu-horijda man qilingan muxolifat o’rtasidagi ko’chib o’tish hukumatini ham qabul qilmayapti. Bugun Amerika bir vaqtning o’zida qamchi va kulcha siyosatini qo’llashlikka harakat qilmoqda, ya’ni ularni bir biridan ajratmagan holda. U qonto’kishni va vayronagarchilikni davom etdirish uchun, Basharning bosqinchilar to’dasi hamda tarafdorlarining uchoqlari va raketalari bilan bir qatorda shu raketa va uchoqlarga, ya’ni Rossiya quroliga qarshi turishlik uchun etkazib kelinayotgan shartli o’laroq qurollarni ishga solmoqda. Amerika, Yevropa, ularning ittifoqdoshlari va malaylari tarafidan keladigan qurollar tez orada halokatga olib borishni shart qilgan. Ular bu qurollarni Basharning tajovvuzini daf qilish baxonasi bilan Jeneva konferentsiyasiga tobora yaqinlashishlik maqsadida etkazib beradilar. Ya’ni qanchalik Basharning qo’li baland kelsa, muxolifat bilan rejim o’rtasidagi ko’chib o’tish hukumati xususida muzokaralar o’tuvchi Jeneva konferentsiyasi shunchalik yaqin bo’ladi. Amerika o’zgarishlarni o’zi boshqarishdan manfaatdor, Rossiya esa bu yo’nalishga qarshilik qilmaydi, hatto unga xizmat ham qiladi.

Shunday qilib, ruslar va amerikaliklar pozitsiyalarini diqqat bilan tekshirgan kishi ularni bir biriga zid deb topmaydi. U, Rossiyaning harakatlari yangi amerikalik agent Suriyadagi xozirgi (hamda qari) amerikalik agentning vorisi bo’la olishligiga asos tayorlash planidagi Amerika maqsadlariga xizmat qilayotganini ko’radi.

Ehtimolga qaraganda, Liviyada bo’lgani singari, agar Amerika siyosiymi yoki harbiymi qarorni tasdiqlasa, Rossiya veto huquqidan foydalanmaydi, Xavfsizlik Kengashi esa rezolyutsiya chiqarib beradi. Buning barchasiga sabab – O’rta Sharq Rossiyaning siyosiy nufuzi ostidagi maydon emasligi. Bu mintaqada u Amerika harakatiga mos keladigan harakat olib boradi.

Xulosa shuki, Suriya bo’xroni xususida Rossiya Amerika bilan siyosiy qarama-qarshilik mavqeida emas. Kamiga, echimlar ishlab chiqishlikda u Amerika uchun frontning oldingi chizig’i bo’lib xizmat qilib beradi, ya’ni qonto’kish va qotillikda Basharga madad etkazib berib, Amerika qo’g’irchoqlariga rozi bo’lishlari uchun odamlarga bosim o’tkazish maqsadini ro’yobga oshirib beradi.

Bu narsa Amerika, Rossiya, Yevropa va ularning ittifoqdoshlariga ta’luqlidir. Ummat xususida esa, Alloh rohmati ila, unda odil va xolis rijollar bo’lgan va bo’lib kelmoqda. Va qanchalik zulm va zulmat davom etib kuchaymasin, oxir oqibat musulmonlarniki bo’ladi! Alloh quvvat va hikmat sohibidir!

Birodaringiz Ato ibn Halil Abu ar-Rushta.

20 Sha’bon. 1434 h.

29.06.2013 m.

www.fb.com/AtaAbuArRashta

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.