Misrda to’qnashuvlar yana kuchaydi

417
0

0

Nil ustidagi asosiy ko’prikni to’sib qo’yishlari ortidan to’qnashuvlar yana boshlangani aytilmoqda. Kecha Misrda prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari va xavfsizlik kuchlari o’rtasida kechgan to’qnashuvlar oqibatida etti kishi o’ldi, 261 kishi jarohatlangan. Tuni bilan davom etgan olishuv ketidan poytaxt Qohirada 400 dan ziyod odam qamoqqa olindi.

Qohiradagi “Rabaa al-Adaviya” masjidi atrofida kechayu kunduz namoyishlar davom etmoqda. “Musulmon birodarlar” va “erkinlik va haqiqat” partiyasining a’zosi Dina Zakariyoning aytishicha politsiya machit yonidagi tinch namoyishchilarga qara o’q uzgan.

Misr muvaqqat rahbariyati Mursiyga sodiq Musulmon Birodarlar partiyasi va boshqa guruhlarni yangi hukumat tuzishga bosh qo’shishga da’vat etayapti. Ammo birodarlarning ta’kidlashicha, vaqtli bosh vaziri Hazim al-Biblaviy partiyaga biror taklif bilan murojaat qilmagan. “Murojaat etgan taqdirda ham har qanday tashabbusni rad etgan bo’lar edik”, deydi bu partiya a’zolari.

Politsiya Qohira markaziga eltuvchi shoh yo’lni berkitib olgan namoyishchilarni ko’zni yoshlantiruvchi gaz yordamida tarqatishga uringan. Namoyishchilar bunga javoban politsiyani toshbo’ron qilganlar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.