Yoqilg’i-energetika kompleksi soxasi mutaxassisi Nikolay Kravtsovning fikriga ko’ra, Qozoqston va O’zbekiston o’z mamlakatlari orqali elektroenergiyasini olib o’tib ketayotgan Qirg’izistonga tranzit narxini ko’tarishi mumkin. Bu haqda u 5 iyul kuni Bishkekda bo’lib o’tgan iste’molchilar haq-huquqlarini himoya qilishga bag’ishlangan seminarda bayon qildi.
To’qtag’ul gidroelektrostantsiyasi ishlab chiqarayotgan elektroenergiyani Qozoqston va O’zbekiston orqali mamlakat shimoliga olib o’tish uchun Qirg’iziston yiliga 14 mln dollar to’lab keladi, ammo bu yil qishga yaqin bu narx ikki, balki undan ham ko’proq marotaba oshishi mumkin.
“Mish-mishlarga qaraganda, Qozoqston va O’zbekiston tranzit narxini ko’tarib qo’yishi mumkin va bu narx 28 – 56 mln dollarni tashkil qilishi mumkin”, – izoxlab berdi vaziyatni Kravtsov.
Soxa mutaxassislarining fikrlariga ko’ra, tranzit narxining ko’tarilishligi Qirg’iziston energetika ministri O’smonbek Artiqbaevning yaqinda bergan bayonotiga ikki davlatdan kutilgan javobdir. Ministr suvning kamligidan hamda Qirg’izistonning energetika soxasidagi vujudga kelgan murakkab vaziyatga bog’liq, mamlakat O’zbekiston va Qozoqstonga elektroenergiya va suv eksportini to’xtatishga majbur bo’ladi, deb bayonot bergan edi.