Misrda kechayotgan keyingi voqealar Yahud vujudini qattiq tashvishga solmoqda. Muhammad mursiy iqtidordan chetlatilgach, Isroil bosh vaziri Binyomin Netanyahu barcha vazirlarni Harbiylar tomonidan Mursiyning olib tashlanganligi haqida bayonot berishdan man qildi. Isroil xavfsizlik idorasining bildirishicha, Siynodagi jihodiy guruhlar Isroil obektlariga qarshi hujumlar uyushtirishidan qo’rqqanligi uchun shunday qilgan.
Hukumatdagi siyosiy manbaning aytishicha, Misrdagi siyosiy qutblashish (markazlashish) chuqurlashib bormoqda. Saylovlar vaqt qozonadi, biroq u Musulmon birodarlar bilan bo’shliq o’rtasida ko’prik bo’la olmaydi.
Misrning sobiq prezidenti Husni muborakka yaqin shaxslardan biri bo’lgan Isroilning sobiq mudofaa vaziri Binyomin ibn Ilyazarning fikricha, Misrdagi notinchliklar to’xtamaydi.
“Kim prezident bo’lib saylanmasin, Misrdagi qalqishlar davom etaveradi”, deydi u.
Yediot Axronotgazetasi shunday yozadi: Isroil Misrdagi o’zgarishlardan chuqur tashvishda. Mursiy hukmronligi davrida ikki davlat o’rtasidagi xavfsizlik aloqalari juda yaxshi yo’lga qo’yilgan edi.
Mursiy qulashi izidan Isroil prezidenti Shimon Peres AQSh va Isroil o’rtasidagi xavfsizlik va strotegik hamkorliklarni olqishlab chiqdi. Uning aytishicha, Barak Obama prezidentligi davrida bu sohadagi hamkorlik eng cho’qqisiga chiqqan. U tinchlik amaliyotini olib borishda AQSh tashqi harakatlarining muvaffaqiyat qozonishi Isroilning manfaatlaridan ekanligini ta’kidladi.