Koalitsiya a’zolari Istmbulda yig’ilish o’tkazmoqda

407
0

1

Suriya milliy koalitsiyasi Turkiyaning Istmbul shahrida o’ziga etakchi saylash uchun hamda Bashar Asad rejimiga qarshi jang olib borayotgan qurolli kuchlarni birlashtiradigan bitta jabha tashkil qilish uchun yig’ilish o’tkazmoqda. Ikki kun davom etadigan bu yig’ilishda koalitsiya tarafdorlari Muoz Al-Xatib istefo bergandan buyon koalitsiyani boshqarib kelayotgan Jorj Sobraning o’rniga bir ism ko’rsatishga harakat qilishadi. Koalitsiyaning yangi boshlig’i may oyida saylanish kerak edi. Biroq bir fikrga kelisha olmaganligi uchun ortga surilgan edi.

Shuningdek koalitsiya a’zolari boshliq noiblarini ham tayinlaydi va koalitsiya ichida qaror qabul qiladigan etakchi hay’at bo’lgan siyosiy majlislarini ham yangilaydi.

Koalitsiya ishidan xabardor manbaning aytishicha, unga yordam berayotgan xalqaro kuchlar bundan bir oy oldin yuzaga kelgan inqiroz takrorlanishini istashmaydi. O’shanda Turkiya, g’arb davlatlari va arab davlatlari koalitsiyaning yo’q bo’lib ketishini to’xtatib qolish uchun ishga aralashishga majbur bo’lgan edi. O’z navbatida koalitsiya ham g’arb va arab davlatlarini Asadga qarshi kurash uchun muxolif kuchlarni qurol aslaha bilan ta’minlash zarurligiga ishontirish harakatida.

Ayni paytda Suriya axborot vaziri Imron Zaabiy Suriya rejimi inqiroz boshlangandan buyon chaqirib kelayotgan “siyosiy echim”ni mahkam ushlashini va haqiqiy echimga milliy muzokara orqali erishish mumkinligini ta’kidladi.

“Milliy muzokaraning Suriyaliklar orasida roli katta. Unda Suriyadan boshqa Saudiya, ko’rfaz davlatlari, Turkiya, Livan va Iordaniya kabi davlatlarga o’rin yo’q”, dedi u bayonotida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.