Afg’oniston shimolida o’zbeklar bilan tojiklar o’rtasida urush o’chog’ini yoqishmoqchi.

555
0

1

29 iyun kuni Afg’oniston shimolidagi Talukan shahrida etnik o’zbek va tojiklar o’rtasida bir necha soat davom etgan to’qnashuvda tomonlar bir-biriga o’q otishuvgacha borib etdi. Natijada 3 kishi halok bo’ldi va 52 tasi jaroxat oldi.

Milliy va mahalliy hokimiyatda o’ta oz vakolatchilik berilganligi sababli norozi bo’lgan etnik o’zbeklarning bir xaftali mitingiga javoban Taxor viloyatiga milliy politsiyaning 400 dan ortiq xodimi safarbar qilingan edi. Sabr kosasini to’ldirgan oxirgi tomchi viloyat o’zbek militsiyasining boshlig’i ishdan olinib, o’rniga ichki ishlar ministriga yaqin odamlarning biri tayin qilinganligi bo’ldi.

Zarurat tug’ilib qolsa namoishchilarni tarqatib yuborish uchun politsiya bir nechta suv otuvchi mashinalarni olib kelib qo’ydi. Kechga borib vaziyat keskinlashdi. Miting bo’lib turgan erga 500 kishi atrofida shaxar markazidan yarim chaqirimcha narida yashovchi tojiklar kelishdi.

Majoroning avvalida bir-birlarini haqorat qilish bilangina cheklanib turgan tomonlar bir necha daqiqadan so’ng toshbo’ronni boshlab yubordilar. Ikki tomon ham afg’on bayroqlarini ko’tarib olishgan edi.

Afg’on milliy politsiyasi kuchlari asosan tojiklar guruhlari tarafida saf tortib, voqeani kuzatib turar edi.

To’qnashuv shiddatli tus ola boshlagach, politsiyaga olomonni tarqatib yuborish uchun ko’zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purgagich moslamalarini qo’llashlik buyrug’i berildi.

Tuqnashuv politsiya tomonidan osmonga qarata ogohlandiruvchi o’q otguniga qadar davom etdi. Olomon tinchlandirilgach 3 kishi halok bo’lgani va o’nlaganlari turli jaroxatlar olganligi aniqlandi.

O’zbeklar faollaridan biri, Taxor viloyati kengashi a’zosi Hoji Jamshed tasdiqlashicha, bu zo’ravonliklarni keltirib chiqarishga hukumat yordam bergan. Milliy politsiya bu ayblovni rad qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.