Hofiz Saloma general as-Sisiyni ogohlantirdi

381
0

1

Suvayshdagi qarshilik harakatining qo’mondoni Shayx Hofiz Saloma mudofaa vaziri general as-Sisiyni qo’shinni zayiflashtirish va Misrni parchalash uchun Amerika va Isroil bilan til biriktirish oqibatidan ogohlantirdi. U as-Sisiyga nasihat yo’llab, Alloh Taolo ato etgan omonatga xiyonat qiilmaslikka va ajnabiylar aralashuviga nisbatan beparvolik qilmaslikka chaqirdi.

“Ajnabiy kuchlar Liviya, Suriya, va Iroq kabi Misr harbiylarini ham zayiflashtirish uchun mahalliy urushga tiqish ilinjida harakat qilishmoqda”, dedi Hofiz Saloma Iyd ramazon xutbasida.

Siyosiy ishlar bo’yicha mutaxassis Sayyid Afqahiy shunday dedi: “Menimcha, ajnabiy kuchlarning aralashuvidan so’ng shu narsa aniq bo’lmoqdaki, bu erda Misrni mahalliy urushga jalb qilishga tayyorlayotgan G’arbning rejasi mavjud”.

“Misrdagi islomiy oqimlar, siyosiy mas’ullar va mufakkirlar Misr manfaati haqida fikr yuritishlari, bir erda yig’ilishib muammoni o’rganishlari va begona kuchlarni aralashtirmay muammoni o’zlari hal qilishlari vojib. Chunki ajnabiylar uchun Misrning barqarorligi muhim emas”, deya qo’shimcha qildi u.

Ayni paytda Misrda norozilik yurishlar davom etmoqda. Ramazon hayitining ertasi kuni juma namozidan so’ng “musulmon birodarlar” va tarafdorlari Azhar shayxi, ichki ishlar vaziri va mudofaa vaziri as-Sisiyga qarshi namoyishlar o’tkazishdi.

Mansura mintaqasida “musulmon birodarlar” bilan mahalliy aholi o’rtasida yuzaga kelgan to’qnashuvda kamida 10 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.