Eron Asad uchun katta madad jo’natmoqchimi?

422
0

00

Eron hukumati Suriyaga 4 ming harbiydan tashkil topgan kontingent yuborishlik haqida qaror qabul qildi, yozadi Independent ro’znomasi.

Suriyaga Eron harbiy kuchlarining sara birikmalaridan xisoblangan Islom inqilobi posbonlari Korpusining bo’linmalari jo’natilishligi tahmin qilinmoqda. Ro’znomaga ko’ra, harbiylarni safarbar qilish haqidagi qaror, Eron siyosiy elitasining islohotchilar bloki namoyondasi Hasan Ruhoni g’alaba qilgan prezidentlik saylovlaridan oldinoq qabul qilingan edi.

4 ming harbiy Suriyada Bashar Asad kuchlariga madad ko’rsatadi. Nashriyotning Eron xavfsizlik organlaridagi manbalari bergan ma’lumotiga ko’ra, “Texron endi Asadning hokimligini saqlab qolishga qattiq bel bog’lagan va, hatto, Jo’lon tepaliklarida Isroilga qarshi yangi front ochishni taklif qilishga ham tayyor”.

Suriyaga 4 ming harbiy safarbar qilinishligi haqida Eron hukumati rasman hech qanday xabar bermagan.

Turkiston:

Eron shu kungacha kufr tomonidan har qancha xorlikka ham chidab keladi. Xatto saylovlarini ham kufrning roziligi asosidan bir qadam nariga surolmadi.

Yuqoridagi Suriya masalasidagi xarakatlari xam kufr kattalarini kamida sukuti ya’ni roziligi asosida amalga oshishi mumkin. Buni ular o’zlariga qanchalik manfa’t kelishi bilan xal qilishadi. Manfaat esa, vaziyatga ko’ra mintaqada parokandalikni uzoq ushlab turish uchun, shi’alar bilan suniylarni to’qnashtirishga juda qo’l keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.