Misr suriyada jang qilishga ruxsat berdi

419
0

00

Misr fuqarolari Suriyada bo’layotgan janglarga qatnashish huquqiga ega, deya bildirdi Misr prezidentining tashqi ishlar bo’yicha maslahatchisi. Agar Misr fuqarolaridan biror kishi Suriyaga borib jang qilsa va so’ng uyiga qaytib kelsa unga Misr kuch organlari tomonidan hech qanday bosim o’tkazilmaydi, shuningdek uni boshqa davlatlar ham jazoga tortmaydi, deb bildirdi u.

Islom ulamolari ham yoshlarni qo’liga qurol olib Suriyaga otlanishga va u erdagi yosh bolalar, ayollar, qariyalarni ayovsiz qirayotgan Suriya rejimiga qarshi jang qilishga chaqirmoqda. Jumladan Islom ulamolari kengashining raisi Shayx Yusuf Qurzoviy juma xutbalarida qo’liga qurol olishga qodir bo’lgan kishilarni Asad armiyasiga qarshi va Asad armiyasi tomonida turib jang qilayotgan Hizbulloh guruhiga qarshi jang qilishga chaqirdi.

Ayni paytda Turkiya axborot agentligining xabar qilishicha, Suriya kuch organlari safida xizmat qilgan 73 ofitser, jumladan 7 general va 20 polkovnik Turkiyaga qochib o’tgan.

Turkiston:

Misrning yuqoridagi xarakatlari qanday izohlanishi mumkin.

Vaziyat taqazosi ularni majburladi. Vaziyat esa, urush Suriya chegaralaridan tashqariga chiqish arafasida. Misr hukumati xali vaziyatni to’la qo’lga olgani yo’q. Shuning uchun u birinchilardan bo’lib yuqoridagi qarorga keldi.

Maqsadi, xalq g’azabidan qutilib qolish bilan birga, uning ma’lum darajada ishonchiga qirish. Shuningdek islomiy tuyg’ularni jo’shqinga keltirish bilan, bir qator islomiy rodikal shaxs va jamoalarni urushga safarbar etadi. Bir vaqtning o’zida ularni ichkaridagi islomiy xarakatlarini ham zaiflashtiradi. Shuning bilan ular ichkarida kutilayotgan Islomiy qo’zg’alonlarni oldini olishni ko’zlashadi.

Shom o’lkalari va uning atrof qo’shnilari, yaqin kelajakda birin ketin shu pozitsiyaga o’tishlari aniq. Lekin ba’zilari kech qolsa, ba’zilariga bu nayrang manfa’t keltirmaydi. Insha Alloh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.