O’zbekistonliklarni qurolsizlanishga chaqirishmoqda

451
0

0,,4085903_4,00

O’zbek davlat va simli televidenielari reklama bloklarida qurol saqlash javobgarligi va uni ko’ngilli tarzda topshirib bu mas’uliyatdan qutilish haqidagi rolik paydo bo’ldi, deya yozadi uznews.

Respublika IIV toqdim etgan uch minutlik sahna roligida, an’anaviy o’zbek oilasi aks etgan, kutilmaganda ularning o’quvchi o’g’li tomdan eski jangovor qurolni topib oladi va uni otasiga keltirib beradi. U qurolni zavq bilan ko’zdan kechirib, buvasidan qolganini va sotsa yaxshigina pul bo’lishini aytadi.

Bunga javoban o’smirning onasi, bu jinoyat ekanini, qurolni militsiyaga eltib topshirish kerakligini bildiradi. Oila boshlig’i sal ikkilanib, bunga rozi bo’ladi, keyin tomoshabin qurolning ko’ngilli topshirilishini rasmiylashtirayotgan militsiya xodimlarini ko’radi.

Rolik finalida ekranda Jinoyat kodeksining 248 moddasi matni paydo bo’ladi, kadr ortidagi suhandon undan iqtibos keltirib, noquonuniy ravishda qurolga, jangovor o’q-dori yoki portlovchi moddalarga egalik uchun 5 yilgacha, jinoyatning qayta sodir etilganligi uchun esa 5 dan 10 yilgacha. Uning sotganlik uchun esa 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishini bildiradi.

Matn yakunida suhandon, «ushbu moddada ko’rsatilgan narsalarni ko’ngilli tarzda topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishini», agar shunday istak uyg’ongan bo’lsa 102 raqamiga qo’ng’iroq qilishni so’raydi.

Ismi aytilmasligini bildirgan Toshkentlik tahlilchining fikricha, bunday videorolikning paydo bo’lishi aynan qurolli qo’zg’olondan qo’rquv tufayli hukumatda paydo bo’lgan. Bu qo’rquv ayniqsa yaqindagi arab bahori va hozir Turkiyadagi xalq chiqishlari bilan bog’liq inqilobiy voqealar bilan yanada avj olmoqda.

Unga ko’ra. Garajlar va omborxonalarning buzilishi ham aholida qurol yig’ilib qolganligidan qo’rquv sababli qilinayotgan tadbirlardir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.