Saudiyada ruslar biznesiga qo’yilayotgan qamal.

300
0

0,,4085903_4,00

Saudiya matbuoti ma’lumotlariga ko’ra, rossiyalik mas’ul iqtisod vakillarining Jiddaga tashrifi to’lig’icha muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi.

Tadbirkorlar va muhim davlat amaldorlarini olib kelgan uchoq Jidda aeroportiga kelib qo’ndi. Rossiyaliklarni Jiddaning Savdo Palatasi a’zolari kutib olishliklari kerak edi. Biroq ularni hech kim kutib olmadi. Palata binosi vaxteri rossiyaliklarga uchrashuv bekor qilinganligini ma’lum qildi. Huddi shunday holat Er-Riyoz Savdo Palatasida ham qaytarildi.

Rossiyaning savdo vakolatiga qilingan bunday muomala ruslarning Suriyadagi Bashar Asad “vahshiy rejimini” davomiy qo’llab quvvatlayotganligiga nisbatan arablar g’azabini ifoda qilishlik edi, deb yozadi saudiya ro’znomalari.

Turkiston:

“Ishtoni yo’q tizzasi yirtiqni taxqirlabdi” deyilganidek. Suriyadagi iflosgarchiliklarning asosiy sababchilari AQSh bilan Rossiya. Lekin ular dunyo kufr sistemasining etakchilari ekanliklaridan kelib chiqib o’z vazifasini bajarishayapti.

Saudiya Islom olamining markazi va diniy idiologik raxnamosi bo’la turib, nega Asadga qarshi musulmonlarni etaklay olmaydi. Aksincha Asadga qarshi xarakatlanayotganlarni yo’llarini to’sib, kufrga ochiq yordam berib keladi. Aslida bularning qaysi biri ko’proq la’natga loyiq!?

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.