Qirg’izistonda Xitoyga ko’ra Rossiyaning imkoniyati ko’proq.

453
0

0,,4085903_4,00

Afg’onistondan Amerika va NATO qo’shinlarini olib chiqib ketishlik vaqti yaqinlashgani sari Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyodagi sobiq sovetlar ittitfoqi respublikalarini o’z ta’siri domiga tortishlikka harakat qilishmoqda. Bu xususda Xitoynikidan ko’ra Rossiyada imkoniyat ko’proq, yozadi Mauro de Bonis La Repubblica ro’znomasiga bergan maqolasida.

“2014 yilnig oxiriga belgilangan NATO kuchlarining Afg’onistondan eng so’nggi olib chiqib ketilishligini kutgan holda, Markaziy Osiyoda «Katta o’yinning» yangi va obdon qarab chiqilgan talqini boshlandi. So’z manfaatdor derjavalar tarafidan sobiq sovetlar ittifoqining besh MO respublikasini o’z ta’siri mintaqasiga tortishlikka qo’yilayotgan bir qator qadamalar va ularga qarshi harakatlar haqida ketmoqda”, – deyiladi maqolada.

“Biz Rossiya va Xitoy haqida aytmoqdamiz. Moskva va Pekin natolik va amerikalik askarlar mintaqani tashlab chiqib ketgach, o’z xavfsizliklari hamda Markaziy Osiyodagi manfaatlariga bo’ladigan tahdiddan xavfotirlanishmoqda. Biroq, eng muhimi, ular hech kimisi bir biriga hududning kattaroq qismini berib qo’ygisi yo’q”, – yozadi maullif.

“Talash nuqtalaridan biri – Qirg’iziston. Bu mamlakat Xitoy uchun katta ahamiyatga ega, chunki ular ming kilometrdan ortiq umumiy chegaraga ega. Bundan tashqari, bu respublika butun mintaqa va undagi energetik manba’lar bilan aloqada ham ahamiyatga ega. Qirg’iziston hududi, oxirgi xaftalarda o’z foydasiga bir qancha ochkolar olgan Rossiya uchun ham katta qiziqish uyg’otadi”, – belgilaydi u.

“Rossiyaning «Gazprom» energetik giganti milliy gaz kompaniyasini 1 dollarga sotib oldi. Yo’q, qirg’iz rahbariyati aqldan ozmadi, shunchaki Bishkekning Moskvadan qarzlari juda ko’payib ketdi (38 mln dollardan ortiq), shuning uchun ham bu narx ramziyginadir. «Gazprom» 640 mln dollar investitsiya kafolatini berdi. Bu pul gaz quvurlari va saqlagichlarini takomillashtirish uchun ishlatilishi kerak”, – yozadi maqola muallifi.

“Undan tashqari, Moskva Bishkekning 2015 yilda Bojxona Ittifoqiga a’zo bo’lishlikka va’dasini ololdi. Bojxona Ittifoqida Qirg’iziston kuzatuvchi mavqeiga ega. Qirg’iziston rahbariyatining qabul qilgan qarorlaridan Moskva uchun yana bir muhimi – Manasdagi bazaning amerikaliklar tarafidan foydalanishligi shartnomasi muxlatining 2014 yil iyul oyida nihoyasiga etishligi bo’ldi. Shu belgilangan vaqtdan keyin Afg’onistondan olib chiqib ketilayotgan qo’shinlar ruslar o’z hududida ajratib bergan bazadangina foydalanishlari mumkin. Shunday qilib, Qirg’izistonning Qantidagi o’z harbiy bazasiga hamda bir necha harbiy inshoatlarga ega bo’lib horijiy derjavalardan yagona Rossiyagina qoladi”, – yozadi nashriyot.

“Gaz etkazib berishlik ustidagi nazorat, harbiy mavjud bo’lib turish va iqtisodiy sohadagi loihalar Bishkekni Moskvaga mahkam bog’lab qo’yadi. Rossiya kichkinagina markaziyosiyo respublikasiga nisbatan munosabatida yana bir quvvatli nuqtaga tyanadi: yarim milliondan ortiq qirg’iz ishchilarining Rossiyadan jo’natayotgan pullari mamlakat qoloq iqtisodining asosiy bandlaridan biri xisoblanadi”, – belgilaydi muallif.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.