Rossiya AQShni aybladi

444
0

1

Muxolif guruhlar Moskvada “Biz va Sizning Ozodligingiz uchun”, deb nomlangan norozilik aktsiyasi o’tkazishga tayyorgarlik ko’rayotgan birvaqtda Rossiya prezidenti muxolif faollarini qo’llab-quvvatlash va Rossiyaning ichki ishlariga aralashishda AQShni aybladi.

Vladimir Putin Russia Today telekanali bilan suhbatda Oq Uy mas’ullariga qarata Rossiya diplomatik apparati “Uoll Strit”ni egallash harakati bilan hamkorlik qilmasligini bildirdi. U AQShning diplomatik apparati Rossiya muxoliflari bilan to’g’ridan to’g’ri aloqada ekanligini va ularni qo’llab-quvvatlayotganini iddao qildi.

Rossiya prezidenti AQSh Tashqi ishlar vazirligining Rossiyadagi muxolif faollarni qo’llab-quvvatlashini tanqid qilib, diplomatik apparatning vazifasi o’lkalar ichki ishlariga aralashish emas, balki davlatlar o’rtasida aloqa o’rnatish ekanligini eslatib o’tdi.

– Diplomatlar ichki siyosiy ishlarga g’arq bo’lib ketish bilan emas, davlatlar o’rtasidagi aloqalarni yo’lga qo’yish bilan shug’ullanishlari kerak, – dedi Vladimir Putin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.