Kecha soat tungi 02 larda Istanbulga qaytib kelgan Erdo’g’onni yuz mingga yaqin tarafdorlari kutib oldilar. Bu kutib olish Erdo’g’onning mashhur Davos safaridan qaytib kelishiga o’xshadi. O’shanda Erdo’g’on Isroil Prezidenti Peresni qotillikda ayblagan va dunyo musulmonlarining qahramoniga aylangandi.
Aslida esa bu “qahramon” boshqarayotgan hukumat, kofir G’arb musulmonlarni bo’lish maqsadida Otaturk qo’li bilan yo’q qilgan Xalifalik davlati vayronasi ustiga qurgan mahsuli bo’lmish malay davlat hukumatidir. Bu davlat Islom bilan boshqarmaydi, balki unga qarshi, uning xayotda qayta tadbiq qilinishligiga qarshi, uning uchun faoliyat qilayotganlarga qarshi kurashadi. Ularning qamoqxonalari Robbim Alloh deganlar bilan to’lgan. Bu davlat Ummat boyliklari va mol-mulklarini o’g’irlashi va talon-taroj qilishi uchun musulmon o’lkalari eshiklarini G’arbga ochib bergan. Evaziga aytarli hech narsa olmasdan, Ummatni faqirlik kishaniga solib qo’ygan. Bu davlat Amerika bilan siyosiy, iqtisodiy, harbiy va saqofiy ittifoqlar tuzgan, bu esa Amerika uchun yurtda har qanday narsaga yo’l ochib beradi.