Millatlararo muomalalardan foydalanish rejalari bo’lgan

290
0

сатыбалди

Jo’g’o’rqu Kenesh majlisida mamlakatda paydo bo’lgan vaziyat to’g’risidagi axborotini tinglagan Qirg’iziston Respublikasi bosh vaziri Janto’ra Satibaldiev bu aktsiya oldindan o’ylanib, ataylab uyushtirilganligi va buning ortida millatlararo muomalalardan foydalanish rejalari bo’lganligi haqida gapirdi.

“Bu aktsiyaning ortida millatlararo muomalalardan foydalanib, voqeani urchitish rejalari bo’lganligi haqida ma’lumotlar bor. Shu bilan birga hududlarda mana shu kabi aktsiyalarni o’tkazish rejalari bo’lganligi to’g’risidagi axborotlar ham mavjud. Shu tufayli vaziyat bugungi kunga qadar nazorat ostiga olinib, shtat tartibida faoliyat yuritilmoqda”,-dedi Janto’ra.Satibaldiev.

Shuningdek bosh vazir bunday vaziyatni yuzaga kelishiga hokimiyat sababchi bo’lganligiga ham e’tibor qaratib, mahalliy hokimiyat bilan el o’rtasidagi tig’iz aloqaning yo’qligi haqida aytib o’tdi.

“ Sababi, el asosan ijtimoiy vaziyat bo’yicha noroziliklarini bildirmoqda. Bu masalalarning 50% ni bunga qadar hukumatning vakili o’zi hal qilib qo’yishi kerak edi”, – dedi J.Satibaldiev.

Uning gaplaridan tushunilishicha, davlat tomonidan 100% hal qilinishi lozim bo’lgan xalq muammolarining yarmi ham hal qilinmagan. U bu muammolar qanday va qachon hal qilinishi haqida gapirmadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.