Xitoy O’zbekistondagi neft konini o’zlashtirishga kirishadi.

731
0

Ma’lumot manbalaridan olingan xabarlarga ko’ra, Xitoy milliy neftgaz korparatsiyasi 2014 yilda Namangan viloyatida joylashgan Mingbuloq neft konida tajribali amaliy o’zlashtirish ishlariga kirishadi.

Xitoy kompaniyasi parmalash va qazib chiqarish ishlarini amalga oshirish uchun tender e’lon qilgan. Xitoyning milliy neftgaz korparatsiyasi CNODC va O’zbekistonning O’zbekneftgaz milliy xolding kompaniyasi 2011 yil oktyabr oyida Mingbuloq konini birgalikda o’zlashtirish haqida kelishuv imzolagan edi. Ushbu kelishuvga binoan Xitoy kompaniyasi o’zbekiston hududida geologik qidiruv ishlari va konni amaliy tajribali o’zlashtirish ishlari uchun 212 million dollar investitsiya kiritib, 200000 tonna neft qazib olish loyihaviy quvvatiga etkazish rejalashtirilgan.

Mingbuloq koni 1992 yilda ochilgan bo’lib, O’zbekneftgaz ma’lumotlariga ko’ra uning zaxiralari 2 million tonnani tashkil etadi.
Turkiston:
AQSh Xitoyni O’rta Osiyoda Rossiyaga qarshi o’ta unumli xarakatlantirib bormoqda.

AQSh O’rta Osiyoda iqtisodiy manfaatlar izlayotgani yo’q, shu soxada bu mintaqa asosan Rossiyaning xom ashyo bazasi xisoblanib kelgan.

Xitoyni M Osiyo bo’ylab yuqoridagi kabi iqtisodiy yoki strotegik manfaatlar ustidagi xarakatlari, Rossiya bilan o’rtalaridagi xamkorlikka qarab borayotgan aloqalariga putur etkazadi.

Bu esa, AQShga qarshi Rossiya, Xitoy va Xindiston o’rtalarida tuzilishi kutilayotgan xamkorlik asosidagi tashkilot loixasini barbot qilishga, xamda YeVROAZYeS kabi tashkilotlar tuzishini oldini olishga qaratilgan.

Bundan tashqari Xindistonni, Tojigiston, Afg’oniston, Pokiston orqali TAPI tashkiloti asosida quvirlar yotkizishga undamoqda.

Shularning xammasi Markaziy Osiyodagi Rossiyaning barcha manfaatlariga ziyon etkazishdan tashqari, uni xalqaro siyosatdagi mavqeyiga xam putur etkazadi. Negaki shu ketishda, yaqin kelajakda o’zining asosiy strotegik xamkorlari bilan to’qnash kelishi va albatta o’rtalarida sovuqchilik paydo bo’lishi kutilmoqda. Bu esa AQShning o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadlariga qarab tashlangan katta qadamlardan biri bo’ladi.

Rossiya, M. Osiyo masalasida vaziyatlarni birin ketin boy berishda davom etmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.