Suriyadagi tartiblashtirish Rossiya va AQSh ishtirokida muhokama qilinishi lozim.

294
0

Suriyada qon to’kishlikni to’xtatish haqidagi har qanday kelishuvni imzolash Rossiya va AQSh homiyligi ostida o’tishi lozim, biroq Bashar Asad ishtirokisiz. Bu haqda Suriya muxolif hamda inqilobiy kuchlari Milliy koalitsiyasi rahbariyatining Qoxirada o’tayotgan uchrashuvi yakuniy bayonoti loihasida aytiladi.

Milliy koalitsiya muzokaralar jarayonida ishtirok etishga tayyor, biroq u, Bashar Asadning muzokaralar ishtirokchisi bo’la olishligi mumkin emasligini qat’iy talab qilmoqda.

Hujjat loihasida Asadning ketishligi haqida to’g’ridan-to’g’ri talab qo’yilmayotgan hamda bayonotning umumiy oxangi bir muncha yumshagan bo’lsada, unda Asad va uning a’yonlarini mamlakatda qon to’kkanligi uchun javobgarlikka albatta tortish zarurligi takidlangan.

“Suriyani xozirgi vaziyatiga olib kelgan qabul qilingan qarorlar mas’uliyati to’lig’incha prezident va mamlakatning harbiy qo’mondonligi gardanidadir. Shuning uchun ham ular siyosiy tartiblashtirish jarayonining bir qismi bo’la olmaydilar”, – deyiladi loihada.

Milliy koalitsiya rahbariyati organining Qoxiradagi mazkur uchrashuvida, ilgari bo’lib o’tgan va ularning e’tibor markazida ko’chib o’tish hukumatini tashkil qilish masalalari hamda Suriya hokimiyati bilan muzokaralarni boshlash tashabbusi bo’lgan bir qator maslahatlarga yakun yasalmoqda.
Turkiston:
“Kaltakni etim edi, somsani xakim edi ” maqolidagidek, milliy koalitsiyaning uyatsizlarcha ular uchun begona bo’lgan inqilobni o’zlashtirishga urinayotganlarini qarang.

Ularni butun Suriya xalqi inkor qilayotganlariga qaramay, kufr olami bu be’choralarni o’z manfaatlari yo’lida toboro jarlikka qarab turtib bormoqda.

Jarlik esa, xech narsadan toymaydigan G’arb olami, bularni oxir oqibatda Shi’alar bilan mintaqa bo’ylab janjallarni keltirib chiqarishda xam foydalanishi mumkin. Bu esa ularni ummat tarixida qora satrlar bilan yozilishiga va oxiratda yuzi qoralardan bo’lishigan sabab bo’ladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.