Shved rassomi Muhammad SAVga hajv suratlar ko’rgazmasini tayyorlamoqda.

293
0

TV4 telekanaliga tayanib ITAR-TASS ma’lum qilishicha, Muhammad SAVga hajv suratlar muallifi shvetsiyalik Lars Vilks o’z ko’rgazmasini Malmyo shaxridagi shaxsiy galereyada ochishlikka tayyorlamoqda. Ko’rgazma yozda ochilishi kutilmoqda.

Vilks politsiya vakillari bilan uchrashib, ko’rgazma xavfsizligi masalalarini muhokama qilib oldi. Galereya sohibi so’zlariga ko’ra, mazkur ko’rgazmada fitnaga asos yo’q emish, chunki “unda diniy va siyosiy sabablar mavjud emas”.

2007 yilning noyabrida shved ro’znomasi «Nerikes allexanda» Vilksning payg’ambar Muhammad SAVga hajv suratini chop etgan. Suratda odam boshli it tasvirlangan edi. Darhol bir qator mamlakatlardan qat’iy noroziliklar kela boshlagan. Rassom va ro’znoma bosh redaktori o’lim havfida qolgan edi.

Surat chop etilgan kundan boshlab Vilks politsiya qo’riqlovi ostida xayot kechirmoqda. Bir necha marta uni o’ldirishlikka harakatlar bo’lgan. Vilksning boshi uchun 100 ming dollar va’da qilingan.

Abu Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.