Ummat siyosiy maydondan chiqib qolishlaring asosiy sababi

302
0

بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ

Ummat siyosiy maydondan chiqib qolishlaring asosiy sababi

Ummat siyosiy maydondan chetlanishligidagi asosiy sabab o‘zlaridagi siyosiy asosni yo‘qotganlari bo‘ldi. Mana qancha yillar o‘tsa ham Islom xalqaro siyosiy maydondagi o‘z ishini qilolmayapti. Siyosatning asil mohiyatini tushunmaganligidan siyosiy maydonda musulmonlar o‘z yo‘llarini topa olmayaptilar. Siyosatning ma’nosini etarlicha tushunish uchun bir savol beraman: insonni yoki insonlarni siyosiy shaxs boshqaradimi yoki tushunchami? Shu savolga to‘g‘ri javob topish bilan inson siyosatni ma’nosini to‘g‘ri tushunishga etib borishi mumkin. Siyosatni ma’nosini, asl mohiyatini tushunmasdan turib siyosiy maydonga kirish amri mahol.

Biz aniq bilamizki, insonni tushuncha boshqaradi. Har qanday insonni o‘z ishini qilishida uni shu ishga undayotgan tushunchasi turadi. Lekin inson nimaniki tushunsa, u albatta hayot tarziga, hayotdagi ishlariga ta’sirini o‘tkazadi degani emas. Masalan: xristyanlar Iso ni Allohning o‘g‘li deya e’tiqod qiladi, biz bu jumladan ular nimani maqsad qilganini tushunamiz, lekin biz o‘sha tushunchani qabul qildik degani emas. Biz Iso ni Alloh Taoloning payg‘ambari deb bilamiz, ya’ni Iso  to‘g‘risidagi tushunchamiz u Zotni Allohning o‘g‘li degan tushunchani tushunib turib, uni rad qilamiz va u Zotni Allohning elchisi degan tushunchani qabul qilganmiz. Yana bir misol, aroq haromligini hamma musulmonlar tushunadi. Lekin aroq ichayotganlarda ularga bu tushuncha ta’sir qilmaydi, balki ularda boshqa hato tushuncha; aroqni o‘zi emas, kayfi harom, yotib qolmagudek ichishning ziyoni yo‘q yoki hozir biz shunga majburmiz, o‘rganib qolganmiz, Alloh kechirib yuboradi yoki boshimga kelgan bu baloni esdan chiqarish uchun ichmasam bo‘lmaydi, keyin nima bo‘lsa ham mayli kabi tushunchalar uni aroq ichishiga turtki bo‘ladi. Demak, insonni bir ishni qilishida albatta tushuncha asosiy o‘rinni egallaydi, ya’ni o‘sha voqe’likka taalluqli o‘zi qabul qilgan tushuncha shu ishga undaydi.

Tushunchalar aslida bir asosiy tushunchadan kelib chiqadi. Misol uchun, hozirda ko‘pchilik urf asosida fikrlaydi. Har bir voke’likka urfdan kelib chiqib o‘z hulosasiga kelib olgan va boshqlarga ham o‘shani haq deb aytadi. Yoki millatchilik, vatanparvarlik yoki nasl-nasabini ustun qo‘yish, o‘g‘rilar hayoti (vor zakoni) kabi asoslardan turib hayotdagi ishlarga munosabatini bildiradi. Lekin bu asoslar hato bo‘lishdan tashqari har bir ishga asos bo‘lishga yaramaydi. Hamma ishlarga asos bo‘lishga yaroqli tushuncha – shu biz his qilib turgan olam hamda hayoti to‘g‘ri yo‘nalishi uchun e’tiborimizning asosi bo‘lgan inson va uni ishlashga undayotgan hayot, shu uchulasining asl mohiyati nima, qayoqdan kelgan va oxir oqibat qayoqqa ketadi – degan asosiy muammoni to‘g‘ri echish va shu echim asosida ishlarni to‘g‘ri tushunish orqali insonning hayoti to‘g‘ri yo‘nalishga tushadi, hamda insonga loyiq bo‘lgan hayot tarzida kun kechiradi.

Dastavval sahobai kiromlar koinot, inson va hayot uchun bergan Islom echimini fikriy asosda qabul qilganliklari va shu asosning qat’iy talabi bo‘lgan Qur’on va hadis asosida yashashliklari bilan haqiqiy mo‘min bo‘lishlarini tushungandan boshlab Islom Ummati bo‘lib tanilishdi. Ular hijriy yilning birinchi kunidan boshlab hayotning hamma sohalarida shariatni asos qilishlari bilan avvalo arab yarim orolida, so‘ng butun olamda etakchi Ummat bo‘ldilar. Ular  xoh katta bo‘lsin, xoh kichik bo‘lsin har bir ishda o‘sha asosdan zarracha ham chiqmadilar. Agar u asosdan kelib chiqqan echim bo‘lmasa, u ishni Alloh Taoloning shu ish haqidagi echimi kelguncha tashlab qo‘yishgan edilar. Aslo o‘z bilganlaricha yondoshmadilar. Masalan: musulmonlar Banu Mustalaq g‘azotidan qaytganlarida “ifk” (tuhmat) hodisasi bo‘ldi. Ya’ni Rosululloh ning zavjasi taqinchog‘ini qidirib qolib ketganligi sababli ortda qolib ketgan Oisha  va tuyasini yo‘qotib qo‘ganligi sababli mujohidlardan ajrab qolib ketgan Safvon ibn Mo‘’tal  haqida munofiqlar buzuqlik qilish uchun qolib ketganlar degan to‘hmatni qilishadi. Shunda musulmonlar davlati, rahbari va joriy bo‘lib turgan ijroiy aparat turibdi. Lekin bir oygacha bu ishga echim berilmasdan to‘xtab qoldi, nima uchun deb o‘ylaysizlar? Musulmonlar hatto o‘limga ham hech ikkilanmasdan ketaveradigan, so‘zsiz itoat qiladigan etakchilari bor, nimaga muammoni darhol hal qilmadilar? Yoki Hilol ibn Umayya  o‘z ayolini zino qilganligini Rosululloh ga aytib, shu ish uchun echim so‘rab boradi. Shunda Rosululloh  sen (to‘rtta) guvoh keltirasan, aksincha senga to‘hmat qilganlik jazosini qo‘llayman deganda “Nur” surasidagi “Lion” hukmlari nozil bo‘ladi. Nima uchun zino qilayotgan ayolini ko‘rib turib, uni jazolamasdan Rosululloh ning oldilariga ketdi? O‘z bilganicha ishni hal qilib qo‘ymadi?! Xa, ular o‘z haqiqatlarini: insonni ham, bu dunyoni ham yaratgan Zod Alloh Taolo ekanini va uning amr-farmonlariga muvofiq hayot kechirish haqiqiy mo‘minlik ekanini, hamda uning amr-farmonlariga muvofiq ish tutmasalar Oxiratda hollariga voy bo‘lishini yaxshi bilishar edilar. Shuning uchun har bir IShda o‘z bilganlaricha emas, Alloh Taoloning ko‘rsatmalariga asosan yondoshar edilar.

Rosululloh  keltirgan risolatga so‘zsiz rioya qilishda, undan zarracha ham og‘ishmasdan amal qilishda, Abu Bakr  Islomning hamma hukmlariga bo‘ysunsalar ham faqat zakot berishdan bosh torganlarni murtad degan ma’noda qarshi turishlari musulmonlar uchun chiroyli namuna va kuchli ta’sir qoldirgan edi. Zero Alloh Taolo shanday deb ogohlantirgan:

وَأَنْ احْكُمْ بَيْنَهُمْ بِمَا أَنزَلَ اللَّهُ وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَهُمْ وَاحْذَرْهُمْ أَنْ يَفْتِنُوكَ عَنْ بَعْضِ مَا أَنزَلَ اللَّهُ إِلَيْكَ فَإِنْ تَوَلَّوْا فَاعْلَمْ أَنَّمَا يُرِيدُ اللَّهُ أَنْ يُصِيبَهُمْ بِبَعْضِ ذُنُوبِهِمْ وَإِنَّ كَثِيرًا مِنْ النَّاسِ لَفَاسِقُونَ  أَفَحُكْمَ الْجَاهِلِيَّةِ يَبْغُونَ وَمَنْ أَحْسَنُ مِنْ اللَّهِ حُكْمًا لِقَوْمٍ يُوقِنُونَ

(Ey Muhammad), ular o‘rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan Sizni burib fitnaga solib qo‘yishlaridan ehtiyot bo‘ling! Agar (Sizning hukmingizdan, ya’ni Islomning ba’zi hukmlaridan) yuz o‘girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat etkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan ko‘plari fosiqdirlar. Dinsizlik hukmron bo‘lishini istaydilarmi?! Iymonlari komil bo‘lgan qavm uchun Allohdan ham go‘zalroq hukm qilguvchi kim bor?!”  [5:49,50]

Musulmonlar har bir ishda Allohning hukmlari bilan muolaja qilganliklari sababli dunyoda etakchi bo‘lishdilar. Muammolarni g‘oyrioddiy holda echishar, har bir ishda Islom echimiga muvofiq kelmaguncha u ishga rozi bo‘lishmas edilar. Bu bilan tarixda musulmonlar nafaqat Islom olamida, balki butun dunyoda yaxshiliklarni taratguvchi, posponi, dunyo zulmatilarini yoritguvchi nurga, fahsh-buzuklilar, jabr-zulmlarni yo‘q qilguvchi o‘tga aylandilar. Misol uchun, xalifamiz Umar ibn Xattob  Madinada: «Agar Iroqda bir xachir qoqilsa ham nega u uchun yo‘lni tekislamading ey Umar, deb Parvardigorim mendan so‘raydi», deganlar. Bizning esa, qanchadan-qancha yo‘llarimiz hukmdorlar e’tiborsizligi tufayli xavf-xatarlarga to‘la emasmi?!… Xalifamiz Umar ibn Abdulaziz: «Musulmonlar yurtlarida qushlar och qolibdi, deb aytilmasligi uchun tog‘larga don sepinglar» deganlar. Bizning esa, ustimizdan G‘arb kapitalizmi hukmronlik qilgani tufayli hatto qanchadan-qancha go‘daklarimiz och qolmayaptimi?!

Rumliklar qo‘liga asir tushgan birgina muslima ayolga yordam qilish uchun Umuriya fathiga qo‘shinni harakatga keltirgan Mo‘’tasim bizning xalifalarimizdan edi. Bugun esa go‘daklarimiz, yoshlar va qariyalarimiz o‘ldirilmayaptimi?! Qancha boyliklarimiz talan-taroj qilindi?, hamon tashib ketmoqdalar! G‘arb qancha erimiz va diyorlarimizni bosib oldi?! Buni nazorat qilib hisob talab qiluvchi bo‘ldimi?! Alloh Taoloning kitobi bilan bizni boshqaradigan xalifamiz bor bo‘lgan kunda biz dunyo sayyidi edik. O‘sha kunlarda Rum qiroli Nikiforga Horunar Roshidning mashhur javobi shunday bo‘lgan edi: «Mo‘minlar amiri Horunar Roshiddan Rum ko‘ppagi Nikiforga, ammo ba’d, ey kofirning o‘g‘li, sen eshitganingni ko‘rasan, Allohga qasamki, men senga shunday bir qo‘shin yuboramanki, uning boshi sening oldingda bo‘lsa, oxiri mening oldimda bo‘ladi». Kofirlar bizning kuchimiz nimada ekanini anglab etishgan, masalan: Luis to‘qqizinchi qo‘modonlik qilgan sakkizinchi salib yurishi muvaffaqiyatsizlik va mag‘lubiyat bilan yakunlandi va Mansura shahrida qirol musulmonlarga asirga tushib qoldi. Qirol asirlikdan ozod bo‘lish uchun katta miqdorda to‘lov to‘lab, Frantsiyaga qaytdi. Shunda u nasroniylarga qarata: «Musulmonlarni harbiy kuch bilan engish mumkin emas. Chunki ular Islomni mahkam ushlar ekanlar, bu ularni qarshilik qilishga, jihodga, islomiy yurtlarni himoya qilish uchun Alloh yo‘lida jonini qurbon qilishga hamda obro‘ va nomuslarini saqlashga undayveradi. Musulmonlar aqidalari turtkisi bilan jihod va urushga chiqishdan to‘xtamaydilar. Shuning uchun boshqa yo‘l tutishimiz kerak, ya’ni islomiy fikrlashni o‘zgartirib, ularni fikriy kurash orqali engishimiz kerak» degan edi.(davomi bor).

G‘arib Muslim

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.