Saudiya Arabstonida Amerika dronlari bazasi mavjudligi ma’lum bo’ldi.

457
0

AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi (TSRU) ikki yil muqaddam Saudiya Arabstonida uchuvchisiz uchoqlar bazasini ochgan va xozirda undan foydalanib kelmoqda. Bu haqda amerika matbuoti ma’lum qiladi.

Baza jarrohiy zarbalar berishlikda hamda idorasi Yamanda joylashgan “Arabston yarim orolidagi Al-Qoida” (AKAP) tashkilotining a’zolari haqida ayg’oqchilik ma’lumotlari yig’ishlikda qo’llanilib kelgan.

Bu baza uchog’i zarbasi natijasida 2011 yilning sentyabr oyida AKAPning horijiy amaliyotlarini boshqarib turgan imom Anvar Avlaki halok bo’lgan. Shu voqedan so’ng amerika matbuoti mazkur baza mavjudligini bilgan, biroq shu kungacha bu baza haqida hech qanday ma’lumot bermay kelgan.

Prezident Obama idorasining yuqori lavozimli namoyondalarining aytishlariga ko’ra, bu baza mavjudligi haqidagi ma’lumotning ommalashishligi AKAPga qarshi amaliyotlarni samarasiz qilishi hamda xalqaro terrorga (Islomga, deyishmoqchi) qarshi kurashishlikda Saudiya Arabstoni bilan hamkorlikni qiyinlashtirishi mumkin.

Bazaning aniq jaylashgan eri haqida amerika matbuoti ma’lum qilmagan. Saudiya Arabstoni esa bu hususda umuman hech narsa aytmayabdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.