Hizbut Tahrir – Iroq viloyati achchiq qayg’u bilan a’zolaridan oliyjanob bir kishi Shayx Shavqiy Xuzayrning vafoti xabarini beradi

399
0

01

«Mo’minlar orasida o’zlari Allohga bergan (U zotning yo’lida shahid bo’lish haqidagi) ahdu paymonlariga sodiq bo’lgan kishilar bordir. Bas ulardan (ayrim) kishilar o’z ahdiga vafo qildi, (ya’ni shahid bo’ldi), ulardan (ayrim) kishilar esa (shahid bo’lishga) intizordir. Ular (munofiqlarga o’xshab Allohga bergan ahdu paymonlarini) o’zgartirganlari yo’q»

Hijriy 1434 yil zul-qa’da oyining ettinchi kuni, milodiy 2013 yil 12 sentyabrda shom namozini ado etib chiqib kelayotgan paytda xoinlar Shavqiy Xuzayrga o’q otishdi. O’sha paytdayoq uni shifoxonaga olib borishdi. Biroq u jon taslim qilib ulgurgan edi.

Ey Abu Ahmad, Alloh sizni o’z rahmatiga olsin va sizni O’zining yo’lidagi shahidlar qatoriga yozsin. Zero siz musulmonlar qayg’usini zimmangizga oldingiz va to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalikni tiklash orqali Rosululloh a.s.ning va’dasini ro’yobga chiqarishga chaqirdingiz. Biz sizdan ajralganimizdan achchiq qayg’udamiz. Biz faqat Alloh rozi bo’ladigan ushbu so’zni aytib qolamiz:

«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz U Zotga qaytguvchilarmiz» [Baqara 156]

Hizbut Tahrir

7 zul-qa’da 1434h

Iroq viloyati

12 sentyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.