Rossiya muxolifati MO mamlakatlari bilan vizasiz rejini bekor qilish talabini qo’moqda.

383
0

Rossiya muxolifatining muvofiqlashtirish kengashi a’zolari O’rta Osiyo mamlakatlari bilan bo’lgan vizasiz rejimni bekor qilish zarurligi talabi bilan chiqishdi. Muvofiqlashtirish kengashi migratsion munosabatlarda chidab bo’lmas vaziyat vujudga kelganini aytmoqda. Bu haqda Rossiya matbuoti ma’lum qiladi.

“Nazoratsiz immigratsiya Rossiyaning Yevropa bilan qorishib ketishlik maqsadida qilayotgan say-harakatlarini zoe ketkazmoqda. Yevropa hukumatlari muhojirlarning YevroIttifoq hududlariga oqib kirib kelish xavfidan qo’rqmoqda, shu sababli, Rossiya rahbariyati ko’p yillardan buyon uddasidan chiqishlikka harakat qilayotgan Yevropa bilan Rossiya o’rtasidagi vizasiz rejimning ro’yobga oshishligiga to’sqinlik qilmoqdalar”, – deyiladi bayonotda.

Muvofiqlashtirish kengashi belgilashicha, Rossiya rahbariyati nafaqat migratsiyaga to’sqinlik qilmayapti, hatto uni, O’rta Osiyo mamlakatlari uchun vizasiz rejim bilan ta’minlab, rag’batlantirayapti ham.

“Rossiya muxolifatining muvofiqlashtirish kengashi O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston bilan bo’lgan vizasiz rejimni paysalga solmay bekor qilinishligini talab qiladi”, – deyiladi kengashning ko’pchilik ovoz bilan ma’qullangan bayonotida.

Rossiyaning ba’zi mutahassislari vizasiz rejimning bekor qilinishligi Rossiyaning ichki – iqtisodiy holatiga, hamda uning Markaziy Osiyodagi manfaatlariga katta ziyon etkazadi deyishmoqda va bu talabni millatchilik bayonoti deb atashmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.