Rossiyada musulmonlarga qarshi bosim kuchaymoqda

418
0

8 fevral kuni Sankt-Peterburgning “Apraksin dvor” bozori va shaharning boshqa tumanlaridagi musulmon jamoalari yig’iladigan joylarda Federal havfsizlik hizmati va politsiya bo’linmalari mahsus amaliyot o’tkazdi, deya xabar qiladi ozodlik axborot agentligi.

Tergovchilar “Apraksin dvor ” va shahar bozorlarida joylashgan namozhonalar mahalliy musulmonlar diniy idorasiga bo’ysunmagani, balki Moskvada joylashgan noqonuniy diniy guruhlar nazoratida bo’lganini aytmoqda. Havfsizlik hizmati hodimlari namozhonalarni bir yildan ortiqroq vaqt davomida kuzatgani va ana shu kuzatuvlar natijasida shunday hulosaga kelganini ta’kidlamoqda.

Maxsus xizmatlar o’tkazgan reyd musulmonlarga bosim kuchayganidan nishona, deyiladi Amerikaovozidan olingan xabarda.

Rossiya huquq-tartibot organlarining ekstremizmga qarshi o’tkazgan reyd juma kuni namoz paytiga to’g’ri kelgan.

Peterburg bo’yicha Tergov qo’mitasi vakili Sergey Kapitonovning Ozodlikka aytishicha, mahalliy “ekstremistlar”ning etakchisi, deb e’lon qilingan Kabardin-Bolqor Respublikasi fuqarosi, 1988 yilda tug’ilgan Marat Sarbashev qo’lga olingan. U “2010-2011 yillarda Internet orqali ekstremistik ruhdagi adabiyot va videoroliklarni tarqatganlikda” ayblanmoqda.

Ichki ishlar boshqarmasi va aksilterror bo’limi o’tkazgan bu reydda 700 ga yaqin musulmon hibsga olingan. Orasida o’zbekistonliklar ham bor. Faollarning aytishicha, islomiy ekstremizm tahdidini bo’rttirib ko’rsatish orqali Kreml jamoatchilikni ichki muammolardan chalg’itmoqda.

“Aksariyati Markaziy Osiyo fuqarolari. Bu musulmonlarga bo’lgan munosabat blan bog’liq. Ayniqsa, Putinning “ekstremizmga qarshi kurashinglar, mana, biz yordam beramiz” degan bayonotlaridan so’ng bu bosimlar yanada kuchaydi. Nafaqat o’zbek, tojikka, balki umuman, musulmonlarga nisbatan kayfiyat belgisi. Ikkinchi tomondan, Rossiyaning o’zida ham ichki muammolar etarli. Hukumat bu muammolardan jamoatchilikni chalg’itish uchun musulmonlardan xavf yaratmoqchi”, – deydi Moskvadagi huquq himoyachisi Bahrom Hamroev.

Bahrom Hamroev huquq-tartibot organlarining mazkur amaliyotini Rossiyadagi namozxonlarga qarshi navbatdagi bosim deb baholaydi.

“Qirg’iziston, O’zbekiston, Tojikiston fuqarolariga “sen namoz o’qiysanmi, o’qimaysanmi”, degan savol qo’yishgan. Bu savolning o’ziyoq ko’p narsani anglatadi. Bu erga musulmonlar vahshiylik qilish uchun kelishmagan, ular mehnat qilgani kelgan. Bu oddiy xalqdan xavfsirab, talvasaga tushayotgan Rossiya hukumati musulmonlarga nisbatan boshi berk ko’chaga kirib qolgandek harakat qilmoqda”, – deydi Hamroev.

Ekspertlarga ko’ra, o’tmishdagi imperiya qudratini unuta olmayotgan Moskva o’z hukmronligini kichikroq va yangicha ko’rinishda tiklash niyatidan voz kechmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.