O’zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi ichki ehtiyojni qoplashga etarli emasmi?

459
0

Oxirgi o’n yildan ziyod vaqt davomida O’zbekiston xalqi tabbiy gaz va elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo’lishi mumkin emasligiga xatto ishonmay ham qo’ydi. O’zbekiston hukumati garchi “mustaqillik”ning dastlabki yillarida chekka qishloqlarga qadar gaz quvurlarini tortishga kuchli axamiyat qaratgan bo’lsada, tortilgan bu quvurlardan aksariyatidan gaz uzatilmay turib qayta uzib tashlandi. Nafaqat chekka qishloq aholisi, xatto shahar va viloyat markazlarida yashovchi odamlar uzliksiz gaz etkazib berilishini orzu ham qilmay qo’yishdi. Holbuki O’zbekiston gaz qazib olish bo’yicha dunyoda 11 o’rinni egallaydi va har yili 60-65 mlrd metr.kub gaz qazib oladi.

Gaz ta’minotidagi uzilish va cheklovlar etmaganidek O’zbekistonda elektr energiyasi bilan bog’liq vaziyat ham yil sayin abgor holatga tushmoqda. O’tgan yillarda asosan viloyatlarda elektr taqchilligi kuzatilgan bo’lsa 2013-2014 yillarga kelib bu muammo paytaxt Toshkent shahrini ham o’z domiga tortdi. Chekka qishloq va shaharlardagi axvol esa yig’lagundek darajada bo’lib sutkasiga 1-2 soatdan, sal “insofliroq” odam rahbar bo’lgan joylarda esa 4-5 soatdan elektr yorug’ligi berilishi odatiy holga aylanib bo’ldi.

“O’zbekenergo” shirkati seshanba kuni e’lon qilgan hisobotiga ko’ra, O’zbekistonda o’tgan 2014 yilda 55 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu ko’rsatkich 2013 yilga solishtirganda 3 foizga oshgan. 2013 yilda O’zbekistonda 53,2 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Rasmiy xabarlarga ko’ra, O’zbekistonning elektr energiyasini ishlab chiqarish salohiyati yiliga 56-57 milliard kilovatt/soatni tashkil etadi.

Xo’sh, O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ichki ehtiyojni qoplashga etarli emasmi?

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov 2013 yilning 22-23 noyabr kunlari bo’lib o’tgan Osiyo quyosh energiyasi forumining oltinchi yig’ilishidagi nutqida “O’zbekistonning elektr energiyasiga bo’lgan talabi 2030 yilga borib 2 barobar oshishini va 105 milliarddan ziyod kilovatt-soatni tashkil etishi”ni aytib o’tgan edi.

Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, O’zbekistonning ayni vaqtdagi elektr energiyasiga bo’lgan talabi 52,5 milliard kilovatt-soatn tashkil etar ekan. “O’zbekenergo” shirkati esa 2014 yilda 55 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarganini xabar qilmoqda. Demak O’zbekiston xalqi kechayu-kunduz, uzliksiz elektr yorug’ligi bilan ta’minlangan taqdirda ham ishlab chiqarilgan elektr erengiyasi ichki ehtiyojdan 2,5 milliard kilovatt-soatga ko’p bo’lmoqda.

Bundan esa O’zbekistonda qazib olinayotgan milliardlab kub. metr gazni ichki ehtiyojga sarflash o’rniga chetga sotib yuborilgani kabi, O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi ham e’lon qilinmagan kelishuvlarga muvofiq chetga sotilib ketayotganini xulosa qilish hech kimga qiyin bo’lmasa kerak?

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.