Qurolni tashlash

370
0

Yevropa davlatlari “Suriyaga qo’yilgan embargoni bekor qilish va qurol aslaha bilan ta’minlash” borasida muzokaralar olib borayotgan bir paytda Suriya milliy koalitsiyasining raisi Muoz Xatib “agar qurolsiz xarakat qilish yo’li topilsa qarshilik harakati albatta qurolni tashlaydi”, deb e’lon qildi. Shuningdek u xorijiy davlatlarni ekstrimistik jamoalarni mablag’ bilan ta’minlab, ishga solayotganlikda aybladi.

Koalitsiya rahbari Muoz Xatib Turkiyaning “Onado’li” axborot agenligiga bergan intervyusida shunday dedi: “Suriya qarshilik harakati agar qurolsiz ish olib borishga erishsa darhol qurolni tashlaydi”.

U Suriya ichida “Jabhatun nusra” kabi xalifalikni tiklash uchun haraka qilayotgan guruhlar borligini tan olib, ularni terroristik va ekstrimistik guruhlar deb atadi.

Muoz Xatib Hasan Hitoning muvaqqat hukumatga rais etib saylanganidan xotirjam ekanligini ifodalab, “bu hukumat ijroiy hukumat bo’lib, Milliy koalitsiyaning siyosati ostida ish olib boradi. Uch kun avval saylangan siyosiy hay’at muvaqqat hukumat uchun kuzatuvchi vazifasini bajaradi”, dedi.

Hukumat Suriya ichkarisi va tashkarisida o’z missiyasini bajarishda davom etadi. Uning asosiy vazifalaridan biri iqtisiodni qayta tiklashdir – deydi Xatib.

Shuningdek u yaqin kunda muvaqqat hukumat mudofaa vazirini saylab, ozod qo’shin va boshqa qarshilik harakati saflarini “milliy ozod qo’shin” nomi ostida tartiblashtirishiga ishora qildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.