Qozoqston Musulmonlar diniy idorasi hijobni himoya qilmoqda.

435
0

Qozoqston Musulmonlari diniy idorasi muslima ayollarning hijob o’rab yurishi vojibligini va bu ularning mamlakat qonunlariga zid kelmagan huquqi ekanligini asoslab beruvchi fatvo chiqardi.

Fatvoning birinchi qismida muslima ayollarning begona erkaklar qarshisida yuzi va kaftidan tashqari butun badanlarini yopib yurishi shart ekanligi haqida diniy asoslar keltiriladi. Fatvoda qayd etilinishicha, “hijob dushmanlarining ushbu haqiqatni qozoq xalqining tarixidan o’chirib yuborish uchun barcha urinishlariga qaramay, bu narsa qozoq ayollari uchun hech qachon yod bo’lmagan”, qozoq ayollarining boshini o’rab va yopiq libos kiyib yurishligi milliy an’analardan xisoblanadi.

Qozoqston Musulmonlar diniy idorasining fikriga ko’ra, Qozoqstonda Islomning ijobiy siymosini yaratish uchun Shariatga muvofiq liboslarni niqobsiz kiyib yurish to’g’ri bo’lar edi. “Qozoqlar o’ziga xos madaniyatga ega va qozoq ayollarining an’anaviy liboslari doimo Shariat tamoillariga mos kelgan”.

Qozoqston Musulmonlari diniy idorasi «Diniy faoliyat va diniy tashkilotlar haqidagi» qonunga asoslanib, “kim tarafidan bo’lmasin, ayollarning ro’molini echishga majburlash, shuningdek ro’molni echishlikdan bosh tortgani uchun darslarga kiritmaslik – qonuniy diniy faoliyatga to’sqinlik qilish, jismoniy shaxslarning dinga bo’lgan munosabatlari tufayli fuqarolik huquqlarini poymol etish va ularning diniy his-tuyg’ularini xaqoratlashdir”, deb takidlagan.
Turkiston:
Yuqoridagi shar’iy liboslarni ximoyasi uchun bel bog’lagan shaxslardan OLLOX rozi bo’lsin. Xaqiqatdan xam Alloxning dini bizlarning yurtlarimizga xozirgi kufr tuzumlari kelmasidan avval milliy urflarimiz asosi bo’lib kelgan.

Diniy liboslarga qarshi, xudosizlikni ochiq da’vo qilgan kommunistlarning tuzumi xam kurash olib borgan. Lekin 70 yil mobaynida uni yo’q qila olgan emas.

Xozirgi ustilarimizdagi demokratiyaga asoslanuvchi Kapitalistik davlat xam, o’zining jirkanch uslublari bilan kurashib kelmoqda. U olib borayotgan kurashning jirkanchligi shundaki, diniy qadriyatlarimizga qarshi kurashayotganlarni o’z ichimizdan chiqarishga xarakat qiladi.

Kommunistlar, Alloxni ochiq inkor qilib, kofir xollarida kurashgan bo’lsa, bular musulmonlarning o’zlarini Islomga qarshi yo’naltirishga intiladilar.

Lekin ularning rejalari xamisha xam amalga oshavermaydi. Alxamdulillax yuqoridagi kabi, davlat muassasalarida ishlagan musulmonlarning ichidan xam, iymoni basalomatlari chiqib turadi.

Xar bir musulmon mana shu kabi shar’iy chaqiriqlarni qo’llab yuborishimiz vojib.

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.