Qozoqston Bojxona Ittifoqidan chiqishlik xususida referendumga tayyorlanmoqda.

435
0

Qozoqston muxolifati umummillat referendumini o’tkazishlikni tayyorlamoqda. Referendumga mamlakatning Bojxona Ittifoqidan hamda Yagona iqtisodiy hududdan chiqish, xususiylashtirilgan strategik korxonalarni davlatga qaytarish, atom elektrostantsiyasi qurulishini man qilish va barcha darajadagi hokimlar saylov yo’li bilan belgilanish masalalari qo’yiladi, ma’lum qiladi IA Novosti-Kazakstan.

Shanba kuni Olma-Otada referendum tashabbuskor guruhining ig’ilishi bo’lib o’tdi. Uyushtiruvchilarga ko’ra, bu yig’ilishda mamlakatning barcha hududlaridan 500 vakil ishtirok etdi. Amaldagi qonunga binoan mamlakatning butun hududlaridan vakil fuqarolar shu sonni tashkil qilsalar, referendum belgilashlikka haqdor bo’ladilar.

Referendum tashabbuskorlari davlatga qaytarilishligini talab qilayotgan korxonalar qatorida Kazakhmys metallurgiya korporatsiyalari, ENRC, Arselor Mittal Temirtau, Kaztsink va Qozoqston Xalq banki kabilarning nomlari aytilgan.

Qonunga binoan ig’ilishda qabul qilingan hujjatlar Markziy saylov komitetiga topshirilishligi kerak. Saylov komiteti imzolar tizmasi varaqlarini beradi. Referendum o’tkazishlikka ruxsat olish uchun 200 ming imzo yig’ilishi kerak.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.