Hizbut Tahrirning Suriyadagi matbuot bo’limi

352
0

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan (imon-e’tiqodli) zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan (Islom) dinini g’olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir»

23 robiul-avval 1434h

23 yanvar 2013m

Frantsiya Suriyada ham xuddi Malidagidek Islom va musulmonlarga qarshi urush olib bormoqda

Frantsiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius 2013 yil 20 yanvarda Suriya oppozitsiyasining yig’ini 2013 yil 28 yanvarda Parijda o’tkazilajagini, unda milliy koalitsiyani qo’llab-quvvatlayotgan davlatlardan vakillar ham ishtirok etishini e’lon qildi. U buni o’zining bosqinchi kuchlari Mali davlatiga yopirilib u erdagi Islom va musulmonlarga qarshi «terrorizmga qarshi kurash» degan bahona bilan urushga kirgan bir vaqtda e’lon qildi. Frantsuz prezidenti Fransua Olland o’zining musulmonlarga qarshi jinoyatini bunday deb ifodaladi: «Frantsiyaning Maliga harbiy aralashuvi bu ish qancha vaqtni talab qilsa o’shangacha, mintaqada terrorizm yo’q qilingunga qadar davom etaveradi». U o’zining munofiqligini ushbu so’zlari bilan ifodaladi: «Parij bu er ustidan o’z hukmronligini o’rnatishga yoki o’z nufuzini oshirishga yoki tijoriy yoki iqtisodiy manfaatlarni izlashga intilmayapti, chunki u zamonlar o’tib ketgan. Lekin Parij olamdagi eng kambag’al davlatlardan biri sanalgan va bir necha oylardan buyon yoki hatto bir necha yillardan buyon yanada xatarli tus olgan terrorizm qurboni bo’lgan bir do’st mamlakatga yordamga shoshilishi lozim». Shunday qilib Olland Frantsiyaning Islom va musulmonlarga qarshi adovatli irqchi mustamlakachilik siyosatini niqoblash uchun terrorizm degan yolg’on da’vodan boshqa narsani topolmadi, aslida esa maqsadi musulmonlar yurtlarining muhim bir qismi bo’lgan Mali ustidan o’z hukmronligini qayta tiklashdir. Chunki bu yurt ham Afrikadagi zulmdan ezilayotgan qardosh yurtlardagi kabi boyliklar «dengizi» ustida «suzib yuribdi».

Biz mana shu Suriya oppozitsiyasiga quyidagi savol bilan murojaat qilmoqchimiz: bu oppozitsiya Islomni va muxlis musulmonlarni yomon ko’radigan Frantsiyadan va G’arbning boshqa mustamlakachi makkor davlatlaridan yordam so’rashni qanday qilib qabul qilishi mumkin?! Bu kofir davlatlar yomon ko’radigan muxlis musulmonlar Islomni juldur G’arb hazorati bilan kurashib uni yo’q qila oladigan olamiy hazorat loyihasi sifatida ko’tarib chiqishayotgan bir paytda bu oppozitsiya kofirlardan yordam so’rashni qanday qabul qilishi mumkin?! Frantsiyada Suriyadagi hodisalarga nisbatan boshqacha siyosat mavjudmi yoki u Islomni yomon ko’rishga, uni hokimiyatdan uzoqlatishga va musulmonlarning boyliklarini talashga asoslangan siyosatning aynan o’zimi? Axir sizlar musulmon emasmisiz, mehnat mashaqqatingizda sizga yordam berishlarini talab qilayotgan barcha joylardagi musulmon birodarlaringizning qoni to’kilishi nahotki sizlarni tashvishga solmasa?! Malidagi birodarlaringizga ham sizlarga Rossiya, Amerika va boshqa kofir G’arb davlatlari ichirayotgan «kosa»ning o’zidan ichirilishini nahotki qabul qilib turaversangiz? Sizlarga ne bo’ldi, qanday hukm qilmoqdasizlar?a? Shom erida rus quroli bilan to’kilayotgan musulmon qoni bilan Afrika erida frantsuz quroli bilan to’kilayotgan musulmon qoni o’rtasida hech qanday farq yo’q. Butun Islomiy Ummat Rosulining ushbu so’zlarini eshitmaganmisiz:

 

«Musulmonlarning qonlari tengdir, ular o’zlaridan boshqalar uchun bir mushtdirlar, ulardan eng quyi darajadagisining omonligi ham nufuzlidir».

Biz Hizbut Tahrir a’zolari oppozitsiyaga, undagi har bir shaxsga murojaat qilib ularga shuni eslatamizki, G’arb ularning majlislarini va koalitsiyalarini musulmon Suriya xalqini qutqarish uchun emas, aksincha ular orqali o’z manfaatlariga erishish uchun sun’iy ravishda paydo qildi, chunki G’arbning Suriya xalqining islomiy yo’nalishidan tinchi buzila boshladi. Biz oppozitsiyadagilarga shuni ham eslatamizki, G’arb ularni sotib olganidan keyingina ularga pul va qurol bilan yordam beradi, ana shunda ular G’arbning mustamlakachilik siyosatini o’rnatishda va Islom bilan muxlis musulmonlarga zarba berishda G’arb qo’lidagi qurol bo’lib qolishadi. Biz oppozitsiyadagilarga shuni ham eslatamizki, G’arb ulardan qonxo’r Bashar o’rniga yana bir qo’g’irchoq malay hokimni etishtirib chiqarish loyihasi bo’lishlarini istamoqda. Biz oppozitsiyadagilarga nasihat qilib quyidagilarni ham aytmoqchimiz, ular o’z Ummatlari tomoniga o’tsinlar va bu shubhali kengashlarni, koalitsiyalarni va konferentsiyalarni tark etsinlar, chunki bu kengashlar, koalitsiyalar va konferentsiyalar faqat Islom va musulmonlar dushmanlariga xizmat qilish uchungina tuzilgan.

Ey bo’ysunmas Shom qo’zg’olonidagi musulmonlar: Olland va Fabius chaqirig’ini qabul qilish Allohga, Rosuliga va musulmonlarga qilingan xiyonatdir. Xorijdagi oppozitsiya puli oldindan to’lab qo’yilgan mehmonxonadan mehmonxonaga ko’chmoqda, vaqtini ko’ngil ochish sayru sayohatlarida o’tkazmoqda. Bu oppozitsiya sizning irodangizdan uzoqda, G’arb davlatlari elchixonalariga yaqinda tuzilgan, bu G’arb davlatlari esa o’zining Islom va musulmonlarga dushman ekanini har kuni ming marta isbotlamoqda… Demak bu oppozitsiya sizga butunlay begonadir. Zero u Alloh va Rosuli unga hayot baxsh etadigan narsaga chaqirgan paytda bu chaqiriqni qabul qilmayapti. Bu oppozitsiya yurtingizga Alloh Subhanahu va Taoloning:

 

«(Ey Muhammad), ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling! Agar (sizning hukmingizdan) yuz o’girsalar, bilingki, Alloh ularga ayrim gunohlari sababli musibat etkazishni istamoqda. Shubhasiz, odamlardan ko’plari itoatsizdirlar. Dinsizlik hukmron bo’lishini istaydilarmi?! Imonlari komil bo’lgan qavm uchun Allohdan ham go’zalroq hukm qilguvchi kim bor?!»

[Moida 49-50]

degan amriga bo’ysunib Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritish loyihasini emas, aksincha G’arb loyihasini ko’tarib kelmoqda.

Muhandis Hishom Bobo Hizbut Tahrir

– Suriya viloyati matbuot bo’limining raisi

Suriyadagi telefon raqami: +8821644446132

Skayp telefoni raqami: +35635500554

 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.