Energiya manba’lari eksporti O’zbekiston hukumatiga zavq, aholisiga esa iztirob.

412
0

O’zbekistonning energiya manba’lari eksportidan tushayotgan daromadi 2012 yili 81%ga oshgan, biroq aholining katta qismi gaz, elektr energiyasi etishmasligidan iztirob chekmoqda. Energiya manba’larining horijga chiqarib yuborayotganligi g’azabni qo’zg’atadi, chunki bu narsa ichki bozorda kamomadni keltirib chiqaradi. Bu haqda EurasiaNet ma’lum qiladi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2012 yili daromadning 81%ga oshishligi asosan Xitoyga yangi gaz quviri xisobiga bo’lgan va bu 5,03 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan.. Hukumat daromadning shu darajada oshganligi bilan zavqlanayotgan bir vaqtda, aholining katta qismi gaz va isitish sistemasidagi bekitib qo’yishlik hamda elektr energiyasini o’chirib qo’yishlik hollariga duchor bo’lmoqda.

Energiya manba’larining tashqariga chiqarib yuborilayotganligi ba’zilarning g’azabini keltirmoqda, chunki bu narsa, ayniqsa eski konlardagi qazib chiqarishning tushib borayotgan xozirgi bir vaqtida, ichki bozorda kamomadga sabab bo’lmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, avvalgi yilga nisbatan 2012 yili neft va gaz kondensati ishlab chiqarish 11,6 %ga tushib ketgan, gaz so’rib chiqarish esa 0,2 %ga kamaygan.

Shuningdek, O’zbekiston eksport talabini qondira olmasligi mumkinligi alomatlari ham bor. Dekabr va yanvar oylarida Toshkent kutilmaganda Rossiyaga gaz etkazib berishlikni 40 kunga to’xtatib qo’ydi va buni shiddatli sovuqlar tufayli ichki talabning kuchayib ketganligi bilan izohladi. Lekin bu qadam ichkaridagi gaz ta’minotini oshirmadi va butun mamlakt bo’ylab aholi gaz va elektr energiyasisiz xayotdan iztirob chekishda davom etdi.

O’zbekistonda rasmiy statistika o’ta ishonchsizligi bilan farqlanib turadi, shuning uchun ham bu raqamlarga ishonishga shoshmang, ogohlantiradi manba, Toshkent tarafidan mamlakat iqtisodi asl holidan yaxshiroq qilib ko’rsatishlik uchun eksport hajmi bo’rtdirib ko’rsatilgan, va aksincha, shaxsiy banklar xisoblariga pul chiqarish kabi biror nayrang doirasida ko’rsatgichlar kamaytirilgan holda berilgan bo’lishi ehtimoldan holi emas.

Ma’lumotlarga ko’ra, bu yili O’zbekiston Rossiyaga 7,5 mlrd. kub. metr va Xitoyga 10 mlrd. kub. metr gaz etkazib berishni rejalashtirgan. Qazib olish miqdori kamayib borayotganligi e’tiborga olinsa, eksport hajmining ortishligi mamlakatda energiya manba’larining tanqisligini yanada kuchaytiradi va, hatto, shu vaqtgacha holat viloyatlardagiga qaraganda ancha yaxshi bo’lgan poytaxtda ham energiya manba’larining tez-tez o’chirilib turishligiga olib kelishi mumkin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.