AQSh Misrga 250 mln. moliyaviy yordam va’da qildi

456
0

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri kecha Qohirada Misr prezidenti Muhammad Mursiy bilan uchrashib Amerika nomidan Misrga 250 mln. dollar miqdorida moliyaviy yordam ko’rsatilishini e’lon qildi.

Unga ko’ra ajratilgan mablag’ning 190 millioni darhol ajratiladi. Yana 60 million dollar esa Misr yoshlari va tadbirkorlarini dastaklash uchun xususiy fondga o’tkaziladi. Qo’shma Shtatlar Misr byudjetini ko’tarish uchun ajratgan mablag’ 450 million dollarni tashkil qiladi.

Jon Kerri Misrda islohotlarni jadallashtirish va qiyin damlarda Misr xalqini qo’llab quvvatlash uchun “yaxshi niyat” bilan yordam ko’rsatayotganligini bayon qildi.

Kerri Misr prezidentini barqarorlikni imkon qadar tezroq tiklashga chaqirdi. Sheningdek u 4,8 milliard dollar miqdorida qarz berish borasida Misr bilan Xalqaro valyuta jamg’armasi o’rtasida tuzilgan bitimga qattiq ahamiyat qaratishga chaqirdi.

Ayrim mahalliy va xalqaro iqtisodchilarga ko’ra, Misr Xalqaro valyuta jamg’armasi kreditini ololmasa, bir necha oy ichida kasodga uchrashi muqarrar. Qohira 4,8 milliard dollar qarz so’ragan, jamg’arma esa qator shartlar qo’ygan. Misr hukumati ularni bajarishga kirishsa, mamlakatda ayrim Yevropa davlatlarida bo’lgani kabi tartibsizliklar boshlanishi ehtimoli yuqori.

Misrdagi muxolifat vakillari AQSh davlat kotibi bilan uchrashishdan bosh tortishdi. Chunki ular AQShni Misr hukumatiga xayrixohlikda ayblab, uchrashuvga bormagan. Xavfsizlik bo’yicha ekspert Sayf Yazalga ko’ra, Misrda Qo’shma Shtatlar “Musulmon Birodarlar” tomonida degan fikr mavjud.

Bunga javoban Kerri “biz Misr xalqining do’stlarimiz, muayyan bir partiyani emas”, deya bayonot berdi. Yana u Qo’shma shtatlar Misrning ichki ishlariga aralashmasligini ta’kidlab o’tdi.
Turkiston:
G’arb Suriyadan boshqa arab qo’zg’olonlari to’lqinini siyosiy, harbiy iqtisodiy va moliyaviy jihatdan jilovlab oldi. 26-27 may kunlarida Frantsiyaning Dovil shahrida bo’lib o’tgan katta 8lik davlatlari uchrashuvida Misr va Tunis hukumatlarini iqtisodda kapitalistik tushunchalar, hokimiyatda esa demokratik tushunchalarga muvofiq yo’naltirish maqsadida foizli qarzlarga botirish g’oyasi qabul qilindi.

Qarz berish iqtisodiy hukmronlik qilishning yo’lidir. Jon Kerrining “Misrda islohotlarni jadallashtirish va qiyin damlarda Misr xalqini qo’llab quvvatlash uchun “yaxshi niyat” bilan yordam ko’rsatayotganligi”, haqida aytgan gaplari g’irt safsatadan o’zga narsa emas. Mursiy Xalqaro valyuta jamg’armasidan 4,8 milliard dollar qarz so’ragandan keyin jamg’arma qator shartlar qo’yishi tabiiy. Xalqaro valyuta jamg’armasi va xalqaro bankdan olinadigan qarzlarning xususiyati shundan iboratki, ular qarz beruvchi davlatlarga qarz oluvchi davlatlarning iqtisodiga hukm o’tkazish huquqini beradi, shuning uchun ular bunday qarzdor davlatlar ustidan siyosiy va iqtisodiy jihatdan hukmron bo’lib oladilar.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.