Islomiy oqimlar beqaror vaziyatdan foydalanib davlat shaklini o’zgartirishmoqchi

290
0

“Hidis al-yavm” dasturi siyosiy va xavfsizlik tadqiqotlar markazining raisi Somih Sayf Yazal bilan Husni Muborak qulashidan ikki yil o’tgandan keyingi Misrdagi ahvol haqida suhbat olib bordi.

Sayf Yazal iqtisodiy va siyosiy beqarorliklar va mavjud kurashlar natijasida Misr xalqida qattiq sarosima mavjudligiga ishora qilib, “Misrda beqaror vaziyat hukm surmoqda”, dedi.

U norozilik tuyg’usi Misr jamiyatini doimiy beqaror vaziyatga tushirib qo’yganligini aytib o’tdi.

Sayf Yazal bunday vaziyatdan foydalanib qoluvchilar haqida berilgan savolga javob tariqasida Islomiy oqimlar bu vaziyatdan foydalanib, davlat shaklini tubdan o’zgartirish uchun faoliyat qilayotganligiga ishora qildi. Shuningdek qarshilik harakati ham “davlat tepasida turganlar boshqaruvga loyiq emas” degan ishonchsizlikni paydo qilish istagida ekanligini ham qo’shimcha qildi.

U Misrdagi hozirgi bosqichda harbiylarning roli haqida shunday deya ta’kidladi: “harbiylar hozirgi paytda mamlakatni idora qilmaydi. Chunki ularning siyosiy ishlarga aloqasi yo’q”.

Ammo xalq orasidan unga qarshi “islomiy oqimlar emas, Amerika va (Isroil) foydalanib qolayotgani”ga e’tibor qaratishni talab qilgan sadolar yanragani internet sahifalarida chop etildi.

Abduraxmon:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.