AQSh Qirg’iziston hukumati bilan harbiy baza xususida so’zlashuvlarni davom etdiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi yordamchisi Robert Bleyk bayon qildi.
“Prezident Almazbek Atambaevning MANAS tranzit yuklarni tashuvchi Markazini grajdanlik vazifalarni bajaruvchi inshoatga o’zgartirmoqchi ekanligi bizga yaxshi ma’lum. Shuning uchun ham biz Qirg’iziston hukumati bilan mushtarak maqsadlarimizni ro’yobga oshirish xususidagi so’zlashuvlarda ishtirok etamiz”, – dedi u Toshketga tashrifi chog’ida olamiy iqtisod va diplomatiya Universiteti talabalarining savollariga javob bera turib.
“AQSh 2014 yildan keyin Afg’onistonda harbiy mavjud bo’lib turish masalalari xususida o’ylamoqda. Prezident Barak Obama Afg’onistondagi qo’shinning soni va ular u erda qanday vazifalarni bajarishi kerakligi haqida qaror qabul qilgandan keyingina biz bu qo’shinni quvvatlab turish uchun qanday anjomlar zarur ekanligini aniqlay olamiz. Bu qaror, albatta, Afg’oniston hukumati bilan yaqin hamkorlikda qabul qilinadi”, – dedi Bleyk.
“Ayni vaqtda men so’zlashuvlar davom etayotgani haqida ayta olaman, xalos”, – qo’shib qo’ydi u.