Yuzdan ortiq kompaniya o’zbek paxtasidan voz kechdi.

587
0

O’zbekistonda oxirgi yillarda paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanish kamaygan bo’lsada, biroq, hali ham bu ishlarga tibbiyot sohasi hodimlari va o’qituvchilar, har xil jazo choralari tahdidi ostida, jalb qilinmoqda.

O’zbekiston hukumati yilda paxta terimiga xalqining ikki millionga yaqin katta-kichigini olib chiqadi. Paxta terishlikdan bosh tortgan o’quvchi va talabalarga maktab va o’quv yurtlaridan xaydalishlik bilan, kattalarga esa ishdan ketishlik va oilalarini ijtimoiy imtiyozlardan mahrum qilishlik bilan tahdid qilinadi. Shu tariqa hukumat paxtani eng kam narxida sotib oladi va yuqori bozor narxda tashqariga sotadi. Foyda esa ter to’kib mehnat qilganning emas, paxta savdosini monopoliya qilib olgan mamlakat elitasining cho’ntagiga tushadi.

Bugunga kelib dunyoning yuzdan ortiq kiyim tikuv kompaniyalari o’zbek paxtasi va tekstil maxsulotlariga boykot e’lon qilishlikni rejalashtirgan. Mazkur aktsiyani uyushtiruvchilar, bunday qadam, O’zbekiston hukumatiga, dunyo tikuv sanoati zamonaviy olamdagi majburiy mehnatga chidab tura olmasligini ko’rsatib qo’yish uchun qilinganligini aytishadi.

O’zbek paxtasiga qarshi besh yildan beri davom etayotgan amaliyot ijobiy natija bera boshlaganligini aytadi, aktsiya uyushtiruvchi kompaniyalardan biri – Responsible Sourcing Network mas’uliy haridorlar Tarmog’i direktori Patritsiya Yurevich. “Bu yilgi paxta terimi ishlarini kuzatgan faollar o’z xabarlarida paxta dalalariga kichik yoshdagi bolalar kam chiqqanligini ma’lum qilishadi. Biroq, ularning o’rniga O’zbekiston hukumati katta yoshdagi bolalar va kishilarni avvalgidan ko’ra ko’proq jalb qildi”, – deydi u.

Paxta dalalariga bu yil juda ko’p tibbiyot hodimlari va o’qituvchilar chiqishdi. Natijada xalqqa tibbiy hizmat ko’rsatish etarli darajada bo’lmadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari paxta terimiga chiqmasada, mavsum chog’ida ba’zi maktablar yopiq bo’ldi.

Turkiston:
G’arb tomonidan, O’zbekiston xalqi boshiga tushgan musibatlarni engillatishga bo’lgan xarakatlariga e’tibor bering.

Ular tomonidan bizlarning maxsulotlarimizga qo’yiladigan embargolar, Karimovning rejimi yoki uning oilasiga nisbatan qo’llanilayotgan jazomi, yoki biz oddiy fuqorolar uchunmi?!!!!!!!!

Agar G’arb biz oddiy xalqni emas Karimovni rejimini jazolamoqchi bo’lsa, nega uning bizlarning farzandlarimiz peshona teri bilan topgan pullarini Yevropa bo’ylab be’malol sarflashiga sharoitlar yaratib bermoqda.

 Demak yuqoridagi muruvvatparvarliklar, G’arbning dunyo jamoatchiligi oldidagi navbatdagi nayranglaridan o’zga narsa emas.

Lekin bu nayranglar, shundoq ham o’ta nochorlikni boshidan kechirayotgan O’zbek xalqining axvolini battar qashshoqlashtirish ustiga qurilmasa bo’lardi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.