Markaziy Osiyoda qurollanish poygasi boshlanmoqda

1068
0

Turkiston: Sentyabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Bishkekka qilgan tashrifi chog’ida, Almazbek Atambaev rus pullariga Qirg’iziston armiyasining qayta qurollanishi haqida gapirgan edi. Shu kunlarda rus ommaviy axborot vositalari Qirg’iziston armiyasining qayta qurollanishi harajatiga Rossiya 1,1 milrd dollar, Tojikiston armiyasi zaruratlariga 200 mln dollar berishlikni va’da qilganligi haqida xabar qilmoqda. Undan tashqari

Rossiya Tojikiston uchun yoqilg’i-moy mahsulotlarining eksport-boji to’lovini bekor qiladi – bu Tojikistonga 200 mln dollar tejab qolish imkoniyatini beradi. Rossiyaning bu saxiyligi, birinchi navbatda rus harbiy bazalarining ikki mamlakat hududida beminnat joylashib turishligi evaziga bergan to’lovi bo’lsa, ikkinchidan, mintaqada ta’sir kuchiga ega bo’lish uchun ketayotgan geopolitik kurashning bir qismidir. Bu saxiy taklif, NATO o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqib ketgach, tashkilot a’zolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida qoldirishlikni rejalashtirayotgan qurollaridan (mintaqa mamlakatlarini) voz kechtirish uchun quvvatli omil bo’lishi maqsad qilingan.

2012 yilning mayida Qirg’iziston AQShning Chikago shaxrida NATO bilan harbiy hamda harbiy bo’lmagan yuklarni xavo va barcha er usti transportlari vositasida Qirg’iziston orqali tashib o’tishlik shartnomasini imzolagan edi. Shunga o’xshash shartnomalarni NATO O’zbekiston, Tojikiston va Qozoqston bilan ham imzolagan. Afg’onistondan yuklarni tashib o’tishlik ishlaridan Markaziy Osiyo mamlakatlari 500 mln dollar foyda ko’radi. O’sha erning o’zida, xalqaro koalitsiya milliy armiyalarga tashlab ketishlikni rejalashtirayotgan harbiy texnikani Markaziy Osiyo mamlakatlariga yordam tariqasida berishlik haqida ham gapirilgan.

Moskvaning Qirg’iziston va Tojikistonga yordam berishlikka qilayotgan xarakatlaridan ko’rinib turibdiki, mintaqa ikki guruhga bo’lindi. Bu ikki mamlakat, agar hamma ish kelishilganday ketsa, rus texnikasini qabul qiladi va NATOnikidan voz kechadi. O’z navbatida, O’zbekiston NATO texnikasiga ega bo’ladi va yuklarni tranzit o’kazish evaziga pul ishlaydi. Axir, aynan shu maqsadga erishish uchun Islom Karimov, xatto KShXT safidan chiqqan.

Yadro quroli egalari bo’lgan bu ikki yirik davlatning mintaqaga ko’rsatayotgan saxiyligi Markaziy Osiyoda qurollanish poygasini keltirib chiqarishi mumkin. Mazkur vaziyat 1970chi yillardagi Afrika qit’asini yoki 1980chi yillardagi Markaziy Amerikani eslatadi. O’shanda bu ikki mintaqa mamlakatlari hududlari tashqaridan qurol-yaroq bilan ta’minlanib turilgan qurolli to’qnashuvlar maydoniga aylanib ketgan edi.

Agar avval, markaziy osiyo rejimlari uchun qurol, vaziyatning keskinlashib ketishligi yoki Afg’oniston nizosi mintaqa bo’lab yoyilib ketishligi xavfiga qarshi kerak bo’lgan bo’lsa, endi bu qurol qo’shnilardan himoyalanish uchun kerak bo’ladi. Sirdaryo va Amudaryo suvlari atrofidagi kelishmovchiliklar ayni muddaodir. Rossiya Qirg’izistonda GESlar quradi. Ularni daryo quyi oqimidagi mamlakatlardan himoya qilish kerak bo’ladi. Buning uchun esa Rossiya bazalari hamda qurol kerak.

Bunday katta hajmdagi rus quroli bilan ta’minlanishlik O’zbekistonni ham qurollanishlika majbur qiladi. Majoroga, tabiiyki, Qozoqston qo’shiladi, chunki u ham o’zini mintaqada muhim o’lka xisoblaydi. Ular o’zining ustivorligini qurollanishga sarflagan mablag’larining ulkanligi bilan isbotlashga harakat qilishadi.

Aftidan, mintaqani horijiy harbiy maslaxatchilarning diqqat-e’tibori ostidagi qurollanish poygasi kutmoqda. Ular qurollardan qanday foydalanishni (xalqlarni qirg’in qilishni) ham o’rgatib qo’yishadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.